Parker — yozuv quroli[1] brendi hamda ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyaning nomi hisoblanadi. „Parker Pen Company“ Conklin (keyinchalik Wahl-Eversharp), Sheaffer va Waterman bilan birga „Katta toʻrtlik“ deb nomlangan dunyodagi eng yirik yozuv qurolini ishlab chiqaruvchilar guruhidan biri boʻlgan.

Parker Pen Company

Parker-51
Turi biznes
Egasi Newell Brands
Qachon asos solingan 1888
Asoschi(lari) George Safford Parker

2011-yilda kompaniyaning ishlab chiqarish qismi Fransiyaning Nantesga koʻchirilgan.[2]

Tarixi

tahrir

Parker kompaniyasi Viskonsin shtatining Janesvill shahri fuqarosi Jorj Safford Parker tominidan asos solingan.[3][4] „Parker Pen Company“ning rasmiy roʻyxatdan oʻtgan sanasi — 1892-yil 8-mart boʻlsa-da, oʻsha paytlarda Jorj Parker toʻrt yil davomida moʻyqalamli ruchkalari ishlab chiqarishga, hattoki 1889-yilda oʻz modelini patentlashga ham muvaffaq boʻlgan. 1889-yilgacha Jorj Parker „John Holland Gold Pen Company“ning savdo agenti sifatida ishlab kelgan. „Parker 51“ 1941-yilda ishlab chiqarilgan. Dwight David Eisenhowerga tegishli boʻlgan „Parker 51“ bilan 1945-yilda Germaniyaning, „Parker Duofold“ ruchkasi bilan esa general Douglas MacArthur Yaponiyaning taslim boʻlgani haqidagi hujjatni imzolagan[5].

Manbalar

tahrir
  1. „Why are fountain pen sales rising?“. 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
  2. „Pen factory closure plan revealed“ (2009-yil 16-iyul). Qaraldi: 2018-yil 26-aprel. (ingl.)
  3. „Parker Pen and Janesville: Famous together around the world“ (deadlink). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr. (Wayback Machine saytida 2016-12-20 sanasida arxivlangan)
  4. „PARKER PEN COMPANY A Brief History“. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
  5. Klaus Fog, Christian Budtz, Baris Yakaboylu. Storytelling: branding in practice. Springer, 2005 — 107-bet. ISBN 9783540235019. (Inglizcha)

Havolalar

tahrir