Pasanauri
Pasanauri (gruzincha: ფასანაური , shuningdek, Passanauri) – Gruziyadagi kichik shaharcha, Mtsxeta-Mtianeti viloyati, Dusheti tumanida joylashgan.
Geografiyasi
tahrirPasanauri mamlakat poytaxti Tbilisidan taxminan 90 kilometr (56 mi) shimolda[1], dengiz sathidan 1050m balandlikda joylashgan[2]. Gruziya harbiy yoʻlida, Pasanauri Aragvi daryosi bilan yonma-yon joylashgan[3] va Kavkaz togʻlari bilan oʻralgan.
Iqlimi
tahrirPasanaurida qishki harorat odatda 10 darajadan past boʻladi, oʻrtacha harorat 0 daraja Selsiyni tashkil qiladi.
Demografiyasi
tahrir2014-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharchada 1,148 aholi istiqomat qilgan.
Oʻzining xushmanzara joylashuvi va yaqin atrofdagi tarixiy obidalarga yaqinligi, shuningdek, mineral suvlari, sayyohlik yoʻllari, qoʻlda yasalgan buyumlari va oziq-ovqatlari tufayli Pasanauri Sovet Ittifoqi davrida mashhur sayyohlik maskaniga aylangan [4], lekin Sovet inqirozidan keyingi yillarda koʻplab zarar koʻrdi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Dubinskaya, Lidiya. The Soviet Union. Raduga Publishers, 1985 — 274-bet. Qaraldi: 2008-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Pasanauri“. WeatherOnline. Qaraldi: 2008-yil 18-oktyabr.
- ↑ Ghambashidze, David. Mineral Resources of Georgia and Caucasia - Manganese Industry of Georgia. READ BOOKS, 2007 — 101-bet. ISBN 978-1-4086-2831-7. Qaraldi: 2008-yil 18-oktyabr.
- ↑ Javaxišvili, Alekʻsandre. Soviet Georgia. Progress Publishers — 162-bet. Qaraldi: 2008-yil 18-oktyabr.