PashshatogʻNurota togʻ sistema-sining gʻarbiy davomi. Eng baland joyi 850 m. Yon bagʻirlari quruq soylar bilan kesilgan. Gersin burmalanishi davrida shakllangan Oqtogʻ antiklinal strukturasining gʻarbiy qismi boʻlib, yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilmoqda. Paleozoy davriga mansub ohaktosh, slanetslardan tashkil topgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha yogʻin 300 mm ga yaqin. Och va oddiy boʻz tuprokdar tarqalgan, efemer, efemeroidlar, shuvoq kabi oʻsimliklar oʻsadi. Yaylov sifatida foydalaniladi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil