Boris Yevgenyevich Paton (1918.27.11, Kiyev) — metallurgiya va elektr payvandlash sohasidagi olim. Ukraina Fanlar akademiyasi akademik (1958) va prezidenta (1963-yildan), SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1962). Ye. O. Latonning oʻgʻli. P. rahbarligida payvandlashning yangi usuli — elektr-shlakli payvandlash usuli yaratildi, elektr payvand usullari xalq xoʻjaligining turli tarmoqlariga tatbiq qilindi, P. maxsus poʻlat va qotishmalar sifatini oshirishning yangi usuli — elektr-shlakli qayta eritish usulini yaratdi; payvandlashda ishlatiladigan issiklik manbalarini maxsus eritish agregatlariga qoʻllashga va metallurgiyaning yangi tarmogʻi — maxsus elektr metal-lurgiyani yaratishga oid tadqiqotlarga rahbarlik qildi.

Paton Boris Yevgenyevich

Manbalar

tahrir
  • Elektroshlakovaya svarka, M., 1960; Plazmennie protsessi v metallurgii i texnologii neorganicheskix materialov, M., 1973.