Patricia J. Adams (1952-yil) angiliyalik yozuvchi va sobiq oʻqituvchi. Uning nomi bilan atalgan yillik mukofot ijodiy yozishda faol boʻlgan 3-, 5- va 6-sinf oʻquvchilariga har yili taʼlim boʻlimi tomonidan beriladi. Adams 2012-yilda Anguilla kunida Qirolicha sertifikati va faxriy koʻkrak nishoni sohibi boʻlgan.

Patricia J. Adams
Tavalludi
Patricia Juliette Christian

1952 (yoshi 71–72)
Fuqaroligi Angilya
Kasbi Oʻqituvchi, yozuvchi
Faoliyat yillari 1969-hozirgacha

Yoshligi

tahrir

Patricia Juliette Christian 1952-yilda Anguillaning Farrington hududida Ann Juliette va Malcolm Lindbergh Christian oilasida tugʻilgan[1]. Christian besh aka-ukaning toʻngichi va oiladagi yagona qiz farzand edi. Uning oilasi bolaligida S.t Martinga koʻchib oʻtgan va Christian buvisi tomonidan tarbiyalana boshlagan[2]. U boshlangʻich taʼlimni Valley Girls' School maktabida olgan va Valley Secondary School oʻrta maktabini 1969-yilda tugatgan[1].

Faoliyati

tahrir

Christian oʻqishni bitirgan paytlarida sheʼr yozishni boshlagan, ammo uni hech kim qoʻllab quvvatlamagan[1]. U Anguillan inqilobi haqida sheʼr yozgan va sheʼrda Anguillan jamiyatining elita aʼzolari uchun boʻlgan Landsome hududi qanday qilib armiya askarlarining uyiga aylanganini muhokama qilgan. Christian ishlarini chop etish uchun nashriyot topa olmagani sababli yozuvchilikni toʻxtatadi[2]. 1969-yilda Radio Anguilla 95.5 FM jamoat radiosida ishlay boshlaydi. 1972-yilda Christian Calvin B. Adamsga turmushga chiqadi va er-xotin besh farzand dunyoga keltiradi. Christian 1973-yilda radiostantsiyani tark etib, 1977-yilda bank xodimi va telefon operatori boʻlib faoliyat yurita boshlaydi.

1987-yilda Adams boshlangʻich maktab oʻqituvchisi boʻlib ishlay boshlaydi, kasb unga yozuvchi sifatida rivojlanishiga imkon beradi. Oʻqituvchilik faoliyati davomida u bolalar uchun hikoyalar, pyesalar, sheʼrlar va qoʻshiqlar yozgan, ulardan ikkitasi — „Oh Anguilla“ va „This is Anguilla“ milliy madhiyadan ham yuqori darajada keng ijro etilgan[1]. 1989-yilda u oʻqituvchilik sertifikatini olish uchun St. Kittsga koʻchib oʻtadi va 1991-yilda S.t Kitts-Nevis oʻqituvchilarni tayyorlash kollejida oʻqishni tugatadi[1][2]. 1994-yilda qirolicha Elizabeth II ning qirollik tashrifi chogʻida Christian tomonidan yozilgan ikkala qoʻshiq qirolicha uchun bolalar xori tomonidan ijro etilgan[1].

"Dey cut out my whole tongue

An' give me half a tongue,
Dey hoodwink me from learning dem tongue.
Dis sweet tongue
Dat roll off it own proverbs.
Dis sweet tongue
Dat invent it own nungs and pronungs.
An put words togedder
To make musical sentences.".

—Patricia J. Adams, "My Tongue" she'ridan parcha

Adams 1998-yilda „Windows to Yesteryear“ deb nomlangan birinchi sheʼriy toʻplamini va 2003-yilda „A Gift of Fire: Cultural Writings to Enlighten and Amuse“ ikkinchi toʻplamini nashr etdi. Uning „The Anguilla Revolution“ spektakli 2004-yilda Britaniya bosqinining 35 yilligi munosabati bilan yaratilgan. "Jewel Made of San" 2006-yilda nashr etilgan. Adams yamaykalik shoira Louise Bennetdan ilhomlangan va shogirdlarini birinchi tillari bilan faxrlanishga undagan[2]. U 2005-yilda oʻqituvchilikdan nafaqaga chiqdi[3].

2008-yildan boshlab Taʼlim boʻlimi tomonidan Patricia J. Adams Literary Award (Patricia J. Adams adabiy mukofoti) 3, 5 va 6-sinflardagi kompozitsiyani yozishda ustunlik qilgan boshlangʻich oʻquvchilarga beriladi. Adams oʻzining birinchi kreol tilidagi romanini 2016-yilda nashr etdi. Kitob otalar va oʻgʻillar oʻrtasidagi munosabatlar haqida boʻlib, voqealar Anguillan inqilobidan oldingi oʻn yil ichida sodir boʻladi. U nashr etilgandan soʻng, Yoshlar va madaniyat vazirligi tomonidan bayram yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda Adams Anguilla madaniy anʼanalarini saqlab qolgan adabiy ishi uchun maqtovga sazovor boʻldi[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Walicek 2016.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Walicek 2011.
  3. Emmanuel Publishing House 2015.
  4. The Anguillian 2016.

Adabiyotlar

tahrir