Patti Austin(1950-yil 10-avgust) amerikalik Grammy Award mukofoti sovrindori. "Baby, Come to Me" musiqasi bilan tanilgan R&B, pop va jazz qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. Uning 1982-yilda qayta chiqqan Jeyms Ingram bilan aytgan dueti, Billboard Hot 100 reytingida birinchi oʻrinni egallagan.

Patti Austin
Austin 2000-yil
Austin 2000-yil
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 10-avgust 1950-yil (1950-08-10) (74 yosh)
Janrlar R&B, pop, jazz
Kasbi qo'shiqchi, musiqa yozuvchi
Faoliyat yillari 1954–hozirgacha
Leybllar
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt pattiaustin.com

Musiqiy faoliyati

tahrir

Austin Nyu-Yorkning Garlem shahrida jazz trombonisti Gordon Ostin oilasida tug'ilgan[1]. U Nyu-Yorkdagi Long Islandda katta bo'lgan[2] Quincy Jones va Dinah Washington o'zlarini Austinning cho'qintirgan ota-onasi deb atashgan[3][4].

Austin to'rt yoshga to'lganda ilk bora Apollo teatrida chiqish qilgan. O'smirlik paytida soul and R&Bda musiqachi bo'lib ishlagan va tijorat jingllarni yozgan. 1969-yilda esa R&B hit yo'nalishida "Family Tree" musiqasini yaratgan[4]. 1975-yilda esa Paul Simonning birinchi raqamli " Sevganingizni tark etishning 50 usuli " qo'shig'ida bekin-vokal kuylagan. 1976-yilda CTI jazz leybli ostida o'zining "Kamalakning oxiri" debyut albomini chiqargan[5]. U 1977-yilda The Stranger albomi uchun Billy Joel bilan "Everybody has a Dream" vokal trekini va Browne Sugar albomi uchun Tom Browne bilan "The Closer I Get to You" treklarini kuylagan. Bundan tashqari Off the Wall albomi uchun Michael Jackson bilan va "Moody's Mood for Love"da George Benson bilan duet kuylagan[5]. Quincy Jonesning "The Dude" albomida qo'shiq kuylaganidan so'ng, Qwest yozuvlar yorlig'i bilan shartnoma imzolaydi va "Every Home Should Have One" qo'shig'ini chiqargan. Jeyms Ingram bilan aytgan "Baby, Come to Me" duet qo'shig'i "Billboard" jurnal pop diagrammasida 1-o'rinni egallaydi. Ingram bilan aytilgan ikkinchi "How Do You Keep the Music Playing"(1982-yil) nomli duet esa Best Friends filmida sountrek sifatida foydalanilgan. Uning so'ngi Qwest uchun chiqargan "The Real Me" albomi jazzga asoslangan versiyada yaratilgan[5].

Austinning "Good in Love" va "Through the Test of Time" singillarini o'z ichiga olgan Love Is Gonna Getcha albomi GRP Recordsdan joy olgan[5].

Austin 2017-yil avgust oyida Rossiyadagi Sochi jazz festivalida Moskva jazz orkestri bilan

Austin United Flight 93 reysidan 2001-yil 11-sentabrda uchish uchun chipta buyurtma qiladi, ammo onasining sog'lig'idagi muammolar sabab parvozini kechiktirgan[6]. 2003-yilda u Stenford universitetining Jade Ribbon kompaniyasiga yordam berish uchun San-Fransisko shahar hokimiyatining Papillon III filmida Frensis Yip bilan hamkorlik qilgan va Austin va Yip mandarin tilida duet kuylashadi va o'zlarining CD/DVDlarini chiqarishadi[7].

Austin 2007-yilda bergan intervyusida o'smirlik yillaridagi muhim bir voqeani eslab, hayotida katta o‘zgarish yasagan bir tajribani ta'riflaydi. U o‘sha vaqtda Judi Garlendning so‘nggi konsertlaridan biriga borishga to‘g‘ri kelganini aytadi. Aslida, Austin bu konsertga borishni xohlamagan edi, lekin taqdir uni bu san'at asariga duch keltirdi. Konsert davomida Garlendning ijrosi uning qalbiga chuqur ta'sir ko'rsatdi va bu hodisa uning hayotidagi burilish nuqtasiga aylandi. Austin bu haqida shunday deydi: "U mening yuragimni tilib tashladi. Aynan o'sha daqiqada men musiqa so‘zlarining kuchini, ularning odamlar qalbiga qanday chuqur ta'sir qilishini his qildim. Bu men uchun katta kashfiyot bo‘ldi, chunki o‘shandan keyin men musiqa orqali o‘zimning kimligimni va ichki dunyoimni boshqalarga ko‘rsatish istagini his qildim". Bu tajriba uning ijodiy yo‘lini belgilab bergan va musiqaga bo‘lgan munosabatini tubdan o'zgartirgan.[8].

Havolalar

tahrir
  1. „Patti Austin biography“. encyclopedia.com. 2014-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
  2. „The New Patti Austin“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-sentyabr.
  3. Murph, John „Patti Austin: 5 Tips for Aspiring Singers“. aarp.org. AARP (2014-yil 2-iyul). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-avgust.
  4. 4,0 4,1 Yanow, Scott. The Jazz Singers: The Ultimate Guide. Backbeat, 2008 — 12-bet. ISBN 978-0-87930-825-4. 
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Wynn, Ron „Patti Austin“. AllMusic. 2019-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-oktyabr.
  6. White, Beverly; Brayton, Julie „Singer Patti Austin Talks About 9/11 Experience“. NBC Los Angeles (2011-yil 8-sentyabr). 2016-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-sentyabr.
  7. Engardio, Joel P.. „Dim Sum Diva“. SF Weekly (2002-yil 22-may). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 31-mart.
  8. „Topic Galleries“. baltimoresun.com. 2007-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-may.

Qo'shimcha manba=

tahrir