Paul Walker
Pol Uilyam Uolker IV (12-sentabr, 1973 — 30-noyabr, 2013) mashhur Amerikalik aktyor edi. Forsaj filmida oʻynagan Brayn O'Konner roli bilan tanilgan. Uolker karyerasini 1999-yilda yoshlar uchun moʻljallangan filmlarda suratga tushishdan boshladi. 2001-yilda suratga olingan Forsaj 1 filmidagi rolidan keyin u mashhurlikka erishdi. Dunyo tan olgan aktyor filmning keyingi 5 ta qismida ham oʻz rolini maromiga yetkazdi, lekin afsuski, 2013-yilda Forsaj 7 filmining suratga olish jarayoni tugallanmasidan oldin avtohalokatga uchrab, vafot etdi.
![]() |