Pavel Kan
Pavel Xaritonovich Kan — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Pavel Xaritonovich Kan | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 7-noyabr 1931-yil |
Vafoti |
13-dekabr 1996-yil (65 yosh) Тoshkent, O‘zbekiston |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirKan Pavel 1931-yilda Uzoq Sharqda tug‘ilgan. 1959-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Pavel Xaritonovich 1954-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1954-1992-yillarda Qurilish uchastkasi prorabi, bosh muhandisi, Qoraqalpog‘iston qurilish trestining 1-SMU boshlig‘i, Yangiyer qurilish materiallari va konstruksiyalari zavodi direktori, „Jizzaxtepstroy“ boshlig‘i, „Glavsredazirsovxozstroy“ boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, „Golodnostepqurilish“ boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.
Kan Pavel Xaritonovich Oʻrta Osiyoning choʻl yerlarini kompleks oʻzlashtirish usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun jamoa tarkibida 1983-yilda texnika sohasida SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.
P.Kan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 8-, 9-, 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Pavel Xaritonovich 1998-yilda Toshkentda vafot etgan.