Pavel Vladimirovich Tyo (1963-yil 20-may, Toshkent) – rossiyalik tadbirkor, Capital Group direktorlar kengashi raisi va asosiy egasi[1][2][3].

Pavel Vladimirovich Tyo
Tavalludi 20-may 1963
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlimi Toshkent davlat texnika universiteti
Kasbi Tadbirkor
Turmush oʻrtogʻi Olga Karput

Biografiya tahrir

Pavel Tyo 1963-yil 20-mayda Oʻzbekistonning Toshkent shahrida tugʻilgan. 1985-yilda nomidagi Toshkent politexnika institutini tamomlagan.Issiqlik elektr stansiyalari boʻyicha ilmiy darajaga ega[4][5]. Shundan soʻng „Oʻzbekgidroloyiha“ga issiqlik energetikasi boʻyicha muhandis boʻlib ishga kirdi[4].

2016-yilda u Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining koʻp qavatli qurilish boʻyicha komissiyasini boshqargan[6].

Capital Group tahrir

1990-yillarning boshida u savdo bilan shugʻullanishni boshlagan[4]. 1993-yilda Capital Group qurilish kompaniyasining aksiyadori boʻlgan[1].

Birinchi loyihalardan biri 1993-yilda Ozerkovskaya qirgʻogʻidagi IBM ofisi boʻlgan[7].

2016 yilda Capital Group direktorlar kengashi raisi boʻlgan[8]. 2022-yildan boshlab esa kompaniyaning asosiy egasi boʻldi[9].

Dorixonalari tahrir

U 180 ta dorixonadan iborat „Capital Pharmacies“ dorixonalar tarmogʻining egasi ham[10].

Skandallar tahrir

2015-yilda Pavel Tyo Qirgʻiziston hududida qor qoplonini oʻldirishda gumon qilindi. Tabiiy resurslar vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarni tekshirish uchun Bosh prokuraturaga soʻrov yubordi[11]. K-News agentligi maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻiziston rasmiylari bu ish boʻyicha tekshiruv oʻtkazmagan[12].

Oila tahrir

Cho Myon Xi (1894-1938) – ota tarafdan bobosi [13], koreys yozuvchisi, 1938-yil 15-aprelda „Uchlik“ qarori bilan sovet xalqi manfaatlariga xiyonat qilish va josuslik aybi bilan oʻlimga hukm qilingan va 11-may kuni qatl etilgan.

Olga Karput – rafiqasi, KM20 doʻkonining egasi[14][15]. Olti farzandi bor[16].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „Оборотистый «капитал»: как Павел Тё сделал Capital Group одним из лидеров рынка недвижимости России“ (ru). Forbes.ru. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  2. „Дом, который построит Тё“ (ru). Forbes.ru. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  3. „Путь «капиталистов»: как Владислав Доронин и Павел Тё создали Capital Group“ (ru). Forbes.ru. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „«На рынке останется не больше 10 крупных игроков»“ (ru). Ведомости. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  5. „Павел Тё“ (ru). www.kommersant.ru (2018-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  6. „Павел Тё возглавил комиссию по высотному строительству Общественного совета при Минстрое РФ“. Портал элитной недвижимости Элитное.ру. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  7. „Оборотистый «капитал»: как Павел Тё сделал Capital Group одним из лидеров рынка недвижимости России“ (ru). Forbes.ru. Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  8. „Доронин покинул пост главы совета директоров Capital Group“ (ru). РБК. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  9. Дарья Молоткова, Галина Казакулова. „Capital Group приобрела крупный участок на северо-востоке Москвы“. Ведомости (2022-yil 25-avgust). 2022-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  10. „Павел Те вышел из аптеки“ (ru). www.kommersant.ru (2017-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 2-may.
  11. „Минприроды РФ: совладелец "Капитал Груп" мог убить снежного барса“. РИА Новости (2015-yil 31-mart). 2020-1207da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  12. Елена Цой. „В Кыргызстане не проводят расследование по нашумевшему фото с застреленным снежным барсом“. K-News (2015-yil 3-aprel). 2021-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  13. „Между ними океан“ (ru). Forbes.ru. Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  14. Condé Nast. „Классный папа Павел Тё“ (ru-RU). GQ Россия (2014-yil 23-aprel). Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  15. Condé Nast. „Бегущая по волнам: Ольга Карпуть показала Tatler свою яхту“ (ru-RU). Tatler Россия (2015-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  16. Condé Nast. „Для кого девелопер Павел Тё построил самую дорогую квартиру в Москве“ (ru-RU). Tatler Россия (2020-yil 28-iyul). Qaraldi: 2023-yil 2-may.