Olga Nikolayevna Pavlova
(Pavlova Olga Nikolayevnadan yoʻnaltirildi)
Olga Nikolayevna Pavlova (1895, Margʻilon — 1982.16.3, Toshkent) — terapevt olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1950). Tibbiyot fanlari doktori (1945), professor (1948). Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1923), shu fakultet (keyinchalik Toshkent tibbiyot akademiyasi) terapiya klinikasining ordinatori (1924—26), assistenti (1927—39), dotsenti (1939—48), gospital terapiya va kasb kasalliklari kafedrasi mudiri (1946—1966), 1966-yildan gospital terapiya klinikasi konsultanti. Pomirning turli balandliklari va Qoraqumning subtropik choʻllari iqlimi sharoitida yurak-tomir va qon yaratish sistemalari klimatofiziologiya ustida tadqiqot ishlari olib borgan.
Manbalar
tahrir- K voprosu sushnosti psevdogemofilii i yeyo lecheniye. T., 1930; K klinike i diagnostike ostrix i podostrix aleykemicheskix mielozov, T., 1938; Kartina krovi v usloviyax visokogornogo klimata, T., 1939.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |