Pay Nam Seb norasmiy ruscha nomi – Konstantin (1908-yil 13-mart, Primorskaya viloyati, Ussuriysk tumani, Popova Gora qishlogʻi – 1976-yil 3-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani MTS traktor brigadasi brigadiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).

Pay Nam Seb
Tavalludi 13-mart 1908-yil
Vafoti 3-dekabr 1976-yil
Toshkent
Unvoni

Biografiyasi

tahrir

Pay Nam Seb 1908-yilda Ussuriysk tumani, Popova Gora qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. 1921-yilda Barabash qishlogʻidagi boshlangʻich maktabni tugatgan. 1926-yildan Posyetovskiy tumanida qishloq xoʻjaligi ishchisi boʻlib ishlagan. Nam Seb 19301931-yillarda Posyetovskiy tumanidagi „Traktor“ kolxozida , 19321933-yillardaSverdlov nomidagi bugʻuchilik kolxozida hamda 19331937-yillarda Kalinin nomidagi kolxozda temirchi va traktor haydovchisi boʻlib ishlagan. 1937-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyatiga surgun qilingan[1].

Pay Nam Seb 1937-yildan Quyi Chirchiq viloyati Budyonniy nomidagi kolxozda traktorchi, 1944-yildan 4-son traktor brigadasida mexanik, 2- Quyi Chirchiq MTS traktor brigadasida brigadir lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Pay Nam Seb SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1951-yil 15-oktyabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni va "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan.

1958-yildan Toshkent viloyati, Oqqo'rg'on tumani, Dimitrov nomidagi kolxozda brigada mexanigi va ustaxona mudiri boʻlib ishlagan.

Mexanik 1971-yilda nafaqaga chiqqan. Toshkentda yashagan. 1976-yil dekabrda vafot etgan. U sobiq Dimitrov nomidagi kolxoz (hozirgi Quyi Chirchiq tumani) qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari

tahrir

Pay Nam Seb Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni, „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali va „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Пай Нам Себ“. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.