Pedro Sánchez

Ispaniya bosh vaziri

Pedro Sánchez Pérez-Castejón (talaffuzi: Pedro Sanches Peres-Kastexon; 1972-yil 29-fevralda tugʻilgan) — ispan siyosatchisi, 2018-yil iyunidan beri Ispaniya Bosh vaziri[1][2]. U shuningdek, 2017-yil iyunidan buyon Ispaniya Sotsialistik ishchilar partiyasi (PSOE) Bosh kotibi boʻlib, 2014-2016-yillarda ushbu lavozimni egallab kelgan.

Pedro SánchezPedro Sánchez
 Ispaniya bosh vaziri
Mansab davri
2018-yil 2-iyundan
Monarx Felipe VI
Oʻtmishdoshi Mariano Rajoy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-fevral 1972-yil (1972-02-29) (52 yosh)
Madrid
Siyosiy partiyasi Sotsialist
Taʼlim CUM
en:Université libre de Bruxelles
en:IESE Business School
Camilo José Cela University (PhD)

Sanchez siyosiy faoliyatini 2004-yilda Madridda shahar kengashi aʼzosi sifatida boshlagan. 2014-yilda PSOE Bosh kotibi etib saylandi va Muxolifat yetakchisiga aylandi. U 2015 va 2016-yillardagi umumxalq saylovlarida partiyani boshqargan, biroq partiya ijroiya hokimiyati bilan ommaviy kelishmovchiliklardan so‘ng, ko‘p o‘tmay Bosh kotib lavozimini tark etgan. Sakkiz oy oʻtgach, u Susana Diaz va Patxi Lopezni magʻlub etib, rahbarlikka qayta saylandi.

2018-yil 1-iyunda PSOE Bosh vazir Mariano Rajoyga ishonchsizlik votumini eʼlon qildi va natsional partiyalar qoʻllab-quvvatlaganidan soʻng, tashabbusni muvaffaqiyatli qabul qildi. Ertasi kuni Sanches qirol Felipe VI tomonidan Bosh vazir lavozimiga tavsiya qilindi. 2019-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan umumiy saylovda 38 oʻringa ega boʻlish uchun PSOEga rahbarlik qildi. Hukumat tuzish boʻyicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Sanches 2019-yil noyabrida boʻlib oʻtgan umumiy saylovda yana eng koʻp ovozlarni qoʻlga kiritdi.

Manbalar

tahrir