Peng Xinli (1991-yil 22-iyulda Chengdu shahrida tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shanhai Shenhua“ klubida chap oyoq yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Peng Xinli
彭欣力
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Peng Xinli
Tavallud sanasi 22-iyul 1991-yil (1991-07-22) (32 yosh)
Tavallud joyi Chengdu, Xitoy
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai Shenhua
Raqami 25
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2011 Chengdu Blades 34 (3)
2012—2016 Guangzhou Evergrande 2 (0)
2013Chengdu Blades (Ijara) 14 (2)
2014Meizhou Kejia (Ijara) 13 (3)
2015—2016Chongqing Lifan (Ijara) 28 (1)
2017—2019 Chongqing Lifan 72 (4)
2019- Shanghai Shenhua 43 (6)
Milliy terma jamoa
2018- Xitoy 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-dekabr 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-mart 2019-yil uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Peng Xinli yoshligida Chengdu futbol assotsiatsiyasi tomonidan Liga 2 jamoasi FC Metz jamoasiga ikki oy davomida chet elda oʻqish va amaliyot oʻtkazish uchun yuborilgan[1]. U Xitoyga qaytib kelgach, Chengdu Bladesga qoʻshilgan va 2008-yil 28-iyunda Shandong Lunengga qarshi liga oʻyinida debyut oʻyinini oʻtkazgan[2]. Oʻsha paytdagi murabbiy Li Bing qoʻl ostida u 2008-yil 25-oktyabrda Shenzhen Xiangxuega qarshi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan[3]. Keyingi bir necha mavsumda u 2011-yilgi Xitoy Superligasi mavsumida oʻzini jamoaning ajralmas aʼzosi sifatida koʻrsatgan, 27 oʻyinda uchta gol urgan, ammo shunga qaramay, Chengdu quyi ligaga tushib ketgan[4].

Peng 2011-yilning 26-dekabrida Zhao Xuri, Li Jianbin va Rong Hao bilan birga Guangzhou Evergrandga oʻtgan[5]. U klubdagi debyutini 2012-yilning 18-iyulida Xitoy FA kubogi doirasida „Henan Jianye“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[6].

2015-yilning 11-fevralida Peng 2015-yilning 31-dekabriga qadar Xitoy Superligasi vakili „Chongqing Lifan“ga ijaraga berilgan[7]. U klubdagi debyutini 2015-yil 8-mart kuni „Beijing Guoan“ klubiga qarshi liga oʻyinida oʻtkazgan[8]. 2016-yilning 19-fevralida Chongqing ijara shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgan[9]. Pengning klub uchun birinchi goli liga doirasida „Hangzhou Grintaun“ga qarshi oʻyinda kiritgan[10]. U 2017-yilning fevral oyida Chongqing Lifanga doimiy transfer qilingan[11].

2019-yilning 24-iyulida Peng Xitoy Superligasi vakili „Shanhai Shenhua“ga qoʻshilgan[12]. U 2019-yil 27-iyul kuni Guangzhou R&F FCga qarshi liga oʻyinida klub safida debyut qilgan[13]. Peng oʻzining debyut mavsumida jamoasi bilan 2019-yilgi Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritgan[14].

Xalqaro faoliyati tahrir

Peng 2009-yilda Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan. U 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida ham qatnashgan va Xitoyning aksariyat oʻyinlarida maydonga tushgan. U 2018-yilning 26-mart kuni Xitoy terma jamoasidagi debyutini Xitoy kubogida Chexiyaga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan va 72-daqiqada Fan Xiaodongning oʻrniga zahiradan maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Chengdu Blades 2008 Xitoy Super Ligasi 4 0 - - - 4 0
2009 2 0 - - - 2 0
2010 Xitoy Birinchi Ligasi 1 0 - - - 1 0
2011 Xitoy Super Ligasi 27 3 1 0 - - 28 3
Jami 34 3 1 0 0 0 0 0 35 3
Guangzhou Evergrande 2012 Xitoy Super Ligasi 1 0 2 0 0 0 0 0 3 0
2013 1 0 1 2 0 0 0 0 2 2
Total 2 0 3 2 0 0 0 0 5 2
Chengdu Blades (Ijara) 2013 Xitoy Birinchi Ligasi 14 2 0 0 - - 14 2
Meizhou Kejia (Ijara) 2014 Xitoy Ikkinchi Ligasi 13 3 1 1 - - 14 4
Chongqing Lifan (Ijara) 2015 Xitoy Super Ligasi 10 0 2 0 - - 12 0
2016 18 1 0 0 - - 18 1
Jami 28 1 2 0 0 0 0 0 30 1
Chongqing Lifan 2017 Xitoy Super Ligasi 27 2 0 0 - - 27 2
2018 29 1 1 0 - - 30 1
2019 16 1 1 1 - - 17 2
Jami 72 4 2 1 0 0 0 0 74 5
Shanghai Shenhua 2019 Xitoy Super Ligasi 10 0 2 0 - - 12 0
2020 18 4 1 0 6 1 - 25 5
2021 15 2 6 0 - - 21 2
Jami 43 6 9 0 6 1 0 0 58 7
Karyerada jami 206 19 18 4 6 1 0 0 230 24

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2018 1 0
2019 1 0
Jami 2 0

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Guangzhou Evergrand[15]

  • Xitoy Superligasi : 2012, 2013
  • Xitoy FA kubogi : 2012, 2013

Shanghai Shenhua

  • Xitoy FA kubogi : 2019

Manbalar tahrir

  1. „不满17岁就进中超 谢菲联小将彭欣力直呼幸运“. titan24.com (2-aprel 2008-yil). 17-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2010-yil.
  2. „Shandong Luneng 2-1 Chengdu Blades“. sohu.com (28-iyun 2008-yil). Qaraldi: 28-mart 2010-yil.
  3. „Chengdu Blades 3-1 Shenzhen Xiangxue Eisiti“. sohu.com (25-oktabr 2008-yil). Qaraldi: 28-mart 2010-yil.
  4. „China 2011“. rsssf.com (29-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2020-yil.
  5. „恒大官方宣布签四名新援 国足三将携潜力新星加盟“. sports.sina.com.cn (26-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 8-avgust 2012-yil.
  6. „足协杯-巴里奥斯首球李健华绝杀 恒大2-1逆转建业“. sports.sina.com.cn (18-iyul 2012-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2020-yil.
  7. „力帆官宣彭欣力加盟 曾随恒大问鼎中超冠军“. sports.sina.com (11-fevral 2015-yil). Qaraldi: 11-fevral 2015-yil.
  8. „外援三叉戟破门 国安3-0客胜力帆开门红“. sports.sohu.com (8-mart 2015-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
  9. „重庆力帆官方宣布恒大小将续租1年“. sports.sohu.com (19-fevral 2016-yil). Qaraldi: 19-fevral 2016-yil.
  10. „冯刚破门王栋读秒扳平 绿城雨战1-1力帆“. sports.sohu.com (22-aprel 2016-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
  11. „力帆宣布8人加盟:南松+前人和外援 租借1海归“. sports.sina.com (1-mart 2017-yil). Qaraldi: 1-mart 2017-yil.
  12. „斯威官宣国脚中场加盟上海申花 尊重球员本人意愿“. sports.sina.cn (24-iyul 2019-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
  13. „中超-金信煜戴帽莫雷诺双响 申花5-3富力联赛3连胜“. sohu.com (27-iyul 2019-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
  14. „申花打破足协杯先主后客夺冠魔咒 并终结尴尬纪录“. sports.sina.com.cn (6-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
  15. „PENG XINLI“. int.soccerway.com. Qaraldi: 30-yanvar 2020-yil.