Penne alla aroq (italyancha: Penne alla vodka — penne pastasi va asosini rus arogʻi tashkil qiluvchi qayladan tayyorlanadigan makaronli italyancha taom. Italiya va Qoʻshma Shtatlarda keng tarqalgan.

Kelib chiqishi

tahrir

Penne alla aroqning kelib chiqish tarixi aniq emas.

1974-yilda italiyalik aktyor Ugo Tonyatsi oʻzining taom retseptlari jamlangan pazandachilik kitobiga italyancha: pasta all'infuriata' — chili va aroq qoʻshilgan arrabiataning bir turini ham kiritgan[1]. Tonyatsi shuningdek, taomga Polshaning qalampir arogʻi qoʻshilsa, chili qalampiri qoʻshishga hojat qolmasligini taʼkidlab oʻtgan.

1980-yillarda penne va aroq asosida dudlangan losos, qaymoq va ikra (yoki muqobil ravishda qaymoq hamda qisqichbaqa) bilan pishiriladigan boshqa bir taom — penne alla moscovita mashhur boʻlib ketdi (italyancha: penne alla moscovita — „Moskva uslubidagi penne“).

Oxir-oqibatda, penne alla aroq atamasi aroq, qaymoq va pomidor qaylasi (klassik retseptda — marinara) bilan penne makaronidan pishiriladigan, koʻp hollarda ustiga parmezan pishlogʻi sepiladigan taomni anglata boshladi. Taomga qoʻshimcha tarkibiy mahsulotlar sifatida piyoz, panchetta va yashil noʻxat qoʻshish mumkin.

 
Penne alla aroq

Penne alla aroqning hozirgi holatdagi koʻrinishini ixtiro qilganlikka daʼvogarlar juda koʻp. „Ultimate Pasta“ pazandachilik kitobi muallifi Paskuale Bruno kichikning soʻzlariga koʻra, ushbu taom Italiyaning Boloniya shahridagi „Dante“ restoranida oʻylab topilgan[2]. Pazandachilik sanʼatining boshqa bir guruh tarixchilari esa taom muallifi sifatida Kolumbiya universiteti bitiruvchisi, amerikalik Jeyms Dotini tan olishadi[3].

Italiya nashr etilgan „Williams Sonoma Essentials“ pazandachilik kitobida aytilishicha, penne alla aroq 1980-yillarda Rimda, oʻz mahsulotini Italiyada ommalashtirishni istagan va nomi oshkor etilmagan aroq kompaniyasining iltimosiga binoan oshpazlardan biri tomonidan ixtiro qilingan[4]. Barbara Kafka esa oʻzining „Doʻstlar uchun ovqatlar“ kitobida ushbu taomning 1980-yillar boshida Amerikada mashhur boʻlib ketishidan avval Italiyada keng tarqalganligini yozgan[5].

Retsept anʼanaviy italyan oshxonasiga nisbatan oʻziga xosligi va yangiligi tufayli 1980-yillarda Emilia Romagna kurortidagi yoshlar diskotekalarida keng tarqalgan, u yerdan Italiyaning boshqa mintaqalariga yoyilgan va Amerika Qoʻshma Shtatlariga ham kirib borgan.

2016-yil 25-oktabrda Italiyaning qandolatchilik va makaron sanoati assotsiatsiyasi 1980-yillarga tegishli boʻlgan ushbu retseptni qayta kashf etdi va uni Moskvada tashkil etilgan 18-Jahon makaron mahsulotlari kuni munosabati bilan Italiya hamda Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik ramzi sifatida qaytadan taklif qildi[6].


Tayyorlash jarayonining oʻziga xosliklari

tahrir

Qaymoqli va pomidorli qayla uygʻunligi italyan oshxonasiga xos emas: muammo shundaki, pomidorning kislotalilik darajasi tufali qaymoq tarkibidagi kazein oqsilining tuzilishi oʻzgarib qoladi. Taom tarkibidagi aroq sousning yagona tuzilishini saqlaydigan emulgator vazifasini bajaradi.

Manbalar

tahrir
  1. Ugo Tognazzi (1974). Penne all’infuriata. L’Abbuffone. Milan: Rizzoli Editore. p. 105.
  2. The ultimate pasta cookbook by Pasquale Bruno New York : Contemporary Books, 1997. ISBN 978-0-8092-3169-0
  3. Famous Italian Recipes by Justin M. Rotundo-Shanes, Boston: G. Lee Press, 1981.
  4. Essentials of Italian. Steve Seigelman. Williams Sonoma books, 2008.
  5. Food for Friends by Barbara Kafka: Harper & Row, 1984
  6. „Svetlana Borisova (2016-10-25). «Il ritorno delle penne alla Vodka». Russia Beyond.“. 2019-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.

Adabiyotlar

tahrir