Pentatlon — bir stadiyaga yugurish, bosqon va nayza uloqtirish, uzoqqa sakrash hamda kurashdan iborat beshkurashdir. Barcha turlar bi kun mobaynida oʻtkazilgan.

Rimliklar bosqinidan keyin Olimpiya oʻyinlari oʻz mazmunini yoʻqotadi. Xristian dini kiritilganidan keyin sport oʻyinlariga oʻzga din marosimi sifatida baho berilib, milodiy 394-yilda imperator Feodosiy I Olimpiya oʻyinlarini taqiqlash boʻyicha farmonga imzo chekadi.

Antik musobaqalar tazyiqqa uchraganiga qaramay, Olimpiada gʻoyasi butunlay yoʻq boʻlib ketmadi. Masalan, Angliyada XVII asrda Olimpiya musobaqalari bir necha bor oʻtkazilgan, keyinroq shu kabi bellashuvlar Fransiya, Gretsiyada ham tashkil etilgan. Bu tadbirlar mintaqaviy xarakterga ega boʻlgan.

Qadimgi yunonlarda Olimpiya oʻyinlari qahramonlari nomlarini Alfey daryosi yaqinida oʻrnatilgan marmar ustunga yozib qoʻyish anʼanaga aylangan. Birinchi Olimpiya oʻyinlarining oʻtkazilgan sanasi, yaʼni miloddan avvalgi 776-yil va qadimgi Olimpiya oʻyinlarining birinchi gʻolibi elidalik oshpaz Koroibos toʻgʻrisida maʼlumotlarni insoniyat ana shu marmar ustundagi yozuvlardan bilib olgan.

395-yilda Alfey daryosi qirgʻoqlarida vizantiyaliklar va gotlarning toʻqnashuvi yuz berdi va keskin janglar natijasida Olimpiya xarobaga aylandi. 426-yilda (31 yildan soʻng) Feodo siy II xudolarga sigʻinadigan ibodatxonalarni yoqib yuborishni buyurdi, 100 yildan soʻng esa ikki marta sodir boʻlgan zilzila tufayli Olimpiya vayron boʻldi. Soʻng Alfey va Kladey daryolari suvi toshib, qolgan inshootlarni ham yuvib ketdi va Olimpiya qum hamda botqoqlik qaʼriga kirib yoʻqoldi.

Olimpiyaning tiklanishiTahrirlash

Bir yarim ming yil mobaynida Olimpiyaning shonli tarixi tuproq ostida koʻmilib yotdi. Faqat 1824-yildagina arxeolog lord Stankof Alfey qirgʻoqlarida jiddiy qazish ishlarini olib bordi va qadimgi Olimpiya shahri chizmasini tuzdi. Shu hodisa Olimpiya oʻyinlarini tiklash gʻoyasini rivojlantirishga turtki boʻldi. 1859-yilda yunon armiyasi mayori Yevangelis Sappas panellin „olimpiadasini“ (boshqa davlatlarning ishtirokisiz) tashkil qildi. Mazkur musobaqa ikki marotaba oʻtkazildi, biroq milliy oʻyinlarga aylanmadi, boz ustiga xalqaro miqyosga ham chiqa olmadi. Faqat XIX asrning oxiridagina zamonaviy olimpiya harakati yilnomasiga dastlabki satrlar yozildi. Tez orada koʻpgina davlatlarda sport tashkilotlari, klublar paydo boʻla boshladi, xalqaro sport uyushmalari tashkil qilindi. Aynan shu voqealar fransuz jamoat arbobi baron Pyer de Kubertenga zamonaviy Olimpiya oʻyinlarini tiklash gʻoyasini ilgari surish uchun zamin yaratdi.[1][2]

ManbalarTahrirlash

  1. „First modern Olympic Games“. Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
  2. ; Farhod Turdiyev; Munavvarxon Rasulova"Olimp sari" (oʻzbek). "Navro'z" nashriyoti — 9 bet. ISBN 978-9943-381-37-7.