Pepsin
Pepsin (qadimgi yunoncha: πέψις – hazm qilish), oshqozon shilliq qatlami hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan ferment. Oziq ovqat oqsillarini peptidlarga parchalanishini amalga oshiradi. Insonlar, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va ko’pchilik baliqlar oshqozonida mavjud.
1836-yilda Theodor Schwan tomonidan ochilgan. 1930-yilda Jon Northrop uni kristall shaklda olishga muvaffaq boʻldi.
Qoʻllanilishi
tahrirPepsinlar sut emizuvchilar, jumladan, odamlar hazm qilish jarayonida muhim o’rinni egallaydigan, oziq-ovqat oqsillarini aminokislotalarga aylantiradigan ferment hisoblanadi. Pepsin faqat oshqozonning kislotali muhitida faollashadi va u o'n ikki barmoqli ichakning ishqoriy muhitiga kirganda faolligini yo’qotadi.
Labaratoriyada da oqsilning birlamchi tuzilishini oʻrganish, sir tayyorlashda ishlatiladi. Tibbiyotda meʼda shirasining ajralishi susayib, ovqat hazm qilish yoʻllarining faoliyati buzilganda qoʻllanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Andoza:PDB; "Crystal structure of human pepsin and its complex with pepstatin". Protein Science 4 (5): 960–72. May 1995. doi:10.1002/pro.5560040516. PMID 7663352. PMC 2143119. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2143119.
Havolalar
tahrir- The MEROPS online database for peptidases and their inhibitors: Pepsin A A01.001 (Wayback Machine saytida 2008-03-20 sanasida arxivlangan), Pepsin B A01.002 (Wayback Machine saytida 2007-12-21 sanasida arxivlangan), Pepsin C (Gastricsin) A01.003 (Wayback Machine saytida 2020-06-02 sanasida arxivlangan)
- Beemans Gum
- Pepsin: Molecule of the Month (Wayback Machine saytida 2015-11-30 sanasida arxivlangan), by David Goodsell, RCSB Protein Data Bank
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |