Peritoneal sindrom — yalligʻlanish jarayoni bilan bogʻliq deyarli har qanday nozologik birlikka xos boʻlib, qorinda ogʻriq, qusish va ichak oʻtkazuvchanligining buzilishi bilan kechadi[1].

Kasallik kechishi

tahrir

Bu kasalliklar guruhiga kavak va parenximatoz aʼzolar yorilishi bilan bogʻliq va albatta, qorin pardaning taʼsirlanishi yoki yalligʻlanishiga olib keladigan qorin ichi qon ketishlarini ham qoʻshdik. Ushbu simptomlarning ketma-ketligi va paydo boʻlish vaqti, ularning xarakteri hamda joylashuvi muhim hisoblanadi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, oxirgi holat hech mubolagʻasiz erta yoshdagi bolalarga taalluqli boʻlib, ularda tashqi va ichki qoʻzgʻovchilarga nisbatan umumiy taʼsirga ega. Kattaroq yoshdagi bolalarda sinchiklab surishtirganda, maʼlum joylashuvdagi ogʻriqning paydo boʻlish vaqti va xususiyatini aniqlab olish mumkin. Masalan: epigastral (qorin usti) sohada (oʻtkir gastrir, pankreatit), oʻng qovurgʻa ostida (oʻtkir xolesistit, xolangit), kindik atrofida (Mekkel divertikuliti, Kron kasalligi, qorin ichi qon ketishlari), qorin pasti va yonbosh sohalarda (oʻtkir appenditsit, tuxumdon apopleksiyasi). Shuningdek, ogʻriq xarakteri: toʻmtoq ogʻriq, butun qorin sohasi boʻylab tarqalib, keyin yonbosh sohasida joylashadigan, jadalligi kuchayib borib, kam hollarda birdan yoʻqoladigan (oʻtkir appenditsit, perforatsiya), orqa, chov sohalariga uzatiladigan, oʻrab oluvchi ogʻriq (xolesistit, chanoq sohasida joylashgan appenditsit, pankreatit), tarqoq, maʼlum joylashuvga ega boʻlmagan ogʻriq (peritonit, Kron kasalligi, Mekkel divertikuliti), qorin pastidagi ogʻriq asta-sekin jadalligi pasayib boradigan ogʻriq (tuxumdon apopleksiyasi). Uchrash soni va paydo boʻlish muddati boʻyicha ikkinchi oʻrinda qusish belgisi turadi. Bu belgi ham maʼlum nozologiyaga xos boʻlishi mumkin. Masalan: bir yoki ikki martalik qusish (appenditsit, tuxumdon kistasi buralib qolishi, divertikulit), koʻp sonli va toʻxtovsiz qusish (pankreatit, Kron kasalligi, peritonit)[1].

Simptomatikasi

tahrir

Peritoneal sindromga xos nisbatan kechki belgi ichak oʻtkazishining buzilishi ichak parezi (peritonit), kam hollarda qisqa muddatli diareya yoki qabziyat bilan namoyon boʻladigan ichak qisilishi sifatida namoyon boʻlishi hisoblanadi. Oshqozon-ichak yoʻli oʻtkazishining buzilishi bilan bogʻliq intestinal sindrom ham yuqoridagi belgilar bilan namoyon boʻladi: qorinda ogʻriq, qusish va axlat kelmasligi. Bunda keltirilgan simptomlarning har biri maʼlum turdagi ichak tutilishigagina xos boʻlishi mumkin. Har qanday patologik jarayondagi kabi intestinal sindrom ham qorinda ogʻriq paydo boʻlishi bilan boshlanadi. Ogʻriq xarakteriga koʻra ichak tutilishi sathi va turini aniqlash mumkin. Masalan: oʻtkir, xurujsimon, barataraf qilinmaydigan ogʻriq (chandiqli, strangulyastion ichak tutilishi), toʻmtoq, simillovchi, intensivligi oʻsib boruvchi ogʻriq (obturatsion ichak tutilishi), oʻtkir ogʻriq „vaqtincha zaiflashuv“ bilan birga, davomiyligi qisqarib boradi (invaginatsiya). Boshqa ikki belgining namoyon boʻlish vaqti, qusish va axlat chiqishining toʻxtashi ichak tutilishi sathi (yuqori yoki pastki), kam hollarda turiga (strangulyastion ichak tutilishida reflektor qusish) bogʻliq boʻladi. Masalan: erta va yengillik beruvchi qayt yuqori mexanik ichak tutilishiga xos, safro aralashmasi bilan yoki usiz qayt tutilish sathi Fater soʻrgʻichi sathidan yuqorida yoki pastda ekanligidan darak beradi, kechki, „yengillik bermaydigan“, ichak saqlamasida qayt qilish — ichak tutilishi sathining pastligidan, favqulodda koʻngil aynish — paralitik ichak tutilishiga xos. Najas chiqishining toʻxtashi ham ichak tutilishi sathi va turini taxmin qilishga imkon beradi. Masalan, kichik porsiyalarda, tupukdek axlat, qusish va qorinda ogʻriq boʻlganda, yuqori ichak tutilishi yoki invaginatsiyaga xos. Invaginatsion ichak tutilishi kechki muddatlarda parchalangan eritrositlar (erkin gemoglobin) sizib chiqishi bilan bogʻliq „malina jelesi“ koʻrinishidagi axlat bilan namoyon boʻladi. Najasning toʻliq kelmasligi davriy tenezmlar (ogʻriqli soxta qistash) bilan pastki obturatsion yoki strangulyastion ichak tutilishidan darak berishi mumkin[1].

Diagnostikasi

tahrir

Yuqorida sanab oʻtilgan belgilar qorin boʻshligʻining vertikal holatdagi, imkoni boʻlsa, toʻgʻri va yon proyeksiyadagi kechiktirib boʻlmaydigan rentgenografiyasini, exoskanerlashni qorin boʻshligʻi aʼzolarining Doppler va rangli manzarasini chiqarishni talab qiladi[1]. Peritoneal sindromning rentgenologik manzarasi:

  1. . „Soqov qorin“ — yalligʻlanish jarayoni rivojlanishining dastlabki bosqichlarid.
  2. . Kuchli pnevmatoz, kam sonli va mayda „Kloyber kosachalari“ — kasallik kechishining kechki bosqichlarida Exoskopiya va rangli tasvirlash:
  3. . Aʼzoning yalligʻlanish belgilari (devorlar qalinlashuvi, exozichlik pasayishi, „sovuq va issiq“ tonlar — oʻtkir xolesistit, oʻtkir appenditsit, pankreatit).
  4. . Qon oqimi va pulsatsion indeks reduksiyasi.
  5. . Oʻt qopida exo bir jinsli boʻlmagan saqlama.
  6. . Parenximatoz aʼzolar — jigar, taloq, oshqozon osti bezi tuzilishining buzilishi.
  7. . Qorin boʻshligʻida erkin suyuqlik.

Adabiyotlar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Aliyev, M. M. „II“, . Ko‘krak qafasi a’zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklari sindromlari, 2018 (O'zbekcha), Toshkent: "Yangi nashr" — 42-bet. ISBN 978-9943-22-157-4.