Pernitsioz anemiya
Pernitsioz anemiya oshqozon ichak traktidan (GIT) vitamin-B12 ning absorbsiyasi buzilishi oqibatida kelib chiqadigan anemiya (kam qonlik)ning bir turi hisoblanadi[1][2]. Odatda vitamin B12 yetishmovchiligi GITdagi qanaqadir muammo hisobiga B12 vitamin absorbsiyasi buzilishi bilan bogʻliq bo'ladi. Bu holat odatda Pernotsioz anemiyada sodir boʻladi va atrofik gastritda oshqozon sekretsiyasining buzilishi bilan bogʻliq hisoblanadi. Atrofik gastritda asosan oshqozondagi parietal hujayralar shikastlanishi hisobiga ichki faktor[3] deb nomlanuvchi modda ishlanmaydi va bu modda ishlanmasligi V-B12 ni soʻrilishi kerak qismga yetqazilishidagi muammolarga sabab boʻladi. Aslida esa ichki faktor quyidagi tartibda V-B12 soʻrilishiga yordamlashadi[2].
1. Parietal hujayralardan ishlab chiqarilgan ichki factor 12 barmoq ichakda R-B12 komplexni kutadi.
2. 12 barmoqli ichakda ichki faktor V-B12 ni bogʻlab, iliumgacha transportini taʼminlaydi. Shuningdek, bu birikma B12ni hazm shiralari taʼsirida parchalanishni oldini oladi[1].
3. Ilium hujayralari apikal yuzasida ichki faktorni sezuvchi retseptorlar mavjud, (B12ni emas, ichki faktorni taniydi).
4. Shu hujayralar endositoz orqali IF-B12 ni qaʼbul qiladi va qonga oʻtkazadi. Qondagi transkobalamin-2[3] orqali B12 kerakli qismlarga boradi.
5. Ichki faktor yetishmasligi B12 oʻzlashtirilishida muammolarga sabab boʻladi.[1]
B12 GIT orqali soʻrilganidan soʻng, dastlab, yuqori miqdorda jigarda zahiralanadi. Keyinchalik zahiradan, kerak boʻlganda suyak koʻmigiga chiqariladi. B12 ning kunlik miqdori 1-3mikrogram hisoblanadi, jigar va boshqa to'qimalardagi zahira esa 1000 marotaba koʻp hisoblanadi. Shu sababli, 3-4 yillik defitsit hollarida ham zahira hisobiga organizm normal saqlanadi va shuncha muddatdan keyingina anemiya belgilari yuzaga keladi.[1]
Foliy kislotasi (pteroilglutamat kislota) yetishmovchiligi
tahrirFoliy kislotasi normada koʻkatlarda, baʼzi mevalarda, goʻshtda (ayniqsa jigar) boʻladi[2]. U pishirish vaqtida osonlikcha parchalanadi (yoʻqqa chiqadi). Shuningdek, tez-tez uchraydigan turli GIT kasalliklari vaqtida B12 va Foliy kislata soʻrilishi buziladi. Misol qilib oladigan boʻlsak, spru[3] kasalligida absorbsiyaning buzilishi yuzaga keladi. Foliyning yetishmovchiligi ham eritropoezda muammolar paydo boʻlishini oshiradi. Kobalamin absorbsiyasidagi yetishmovchilik uning zahirasi katta boʻlganligi sabab bir necha yil simptomlarsiz kechsa, foliy kislatasi yetishmovchiligi bir necha oydan keyin bilinadi[3].
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |