Pesax - yahudiy yillik bayramlari orasida eng e’tiborlisi boʻlib, nisan (mart-aprel) oyininng oʻn beshinchi kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Ushbu bayram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod boʻlganlari munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xamirturishsiz non “massa” iste’mol qilinadi. Buni tanovul qilish bilan har bir yahudiy ota-bobolarining Muso boshchiligida chekkan mashaqqatlarini his qiladi, deb hisoblanadi. Pesaxdan keyingi 50-kuni sivon (may-iyun) oyining 6-7 kunlari yahudiylar ikki kun davom etadigan Shavuot (Sheviot) (ibr. - haftalar) bayramini nishonlaydilar[1].

Manbalar tahrir

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 317.

Adabiyotlar tahrir

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.