Peugeot (BB: /ˈpɜːʒoʊ/, AQSh: /p(j)uːˈʒoʊ/, fr) – bu Stellantis kompaniyasiga tegishli fransuz avtomobil brendi[2][3][4].

Automobiles Peugeot
Fayl:Peugeot 2021 Logo.svg
Turi Shoʻba (korxona) (S.A.)[1]
Tarmogʻi Avtomobil sanoati
Egasi Stellantis
Qachon asos solingan 26-sentyabr, 1810-yil (214 yil avval) (1810-09-26)
Hududiy xizmati Global (AQSh, Kanada va Shimoliy Koreyadan tashqari)
Asoschi(lari) Armand Peugeot (kompaniyani avtomobil sanoatiga olib kirgan shaxs, 1896)
Rahbariyat Linda Jackson (Bosh ijrochi direktor)
Mahsulot(lar)i
Boʻlinmalari Peugeot Sport
Cycles Peugeot (formerly)
Vebsayti peugeot.com

Hozirgi Peugeot kompaniyasidan oldingi oilaviy biznes 1810-yilda tashkil etilgan[5]. Uni dunyodagi eng eski avtomobil kompaniyalaridan biri deb atash mumkin[6]. 1858-yilning 20-noyabrida Emil Peugeot sher belgisiga patent topshirgan. Arman Peugeot (1849–1915) kompaniyaning birinchi transport vositasini yaratgan. U bugʻ bilan harakatlanadigan uch gʻildirakli velosiped edi. 1886-yilda kompaniya Leon Serpollet bilan hamkorlik qiladi. Shundan soʻng 1890-yilda ichki yonuv dvigateliga ega avtomobil yaratiladi. Bu avtomobil Panhard-Daimler dvigatelidan foydalangan[7].

Peugeot oilasi va kompaniyasi dastlab Sochaux shahrida biznesini boshlagan. Hozir ham Peugeot ushbu shaharda katta ishlab chiqarish zavodiga ega. Shuningdek, Peugeot muzeyi ham shu shaharda joylashgan.

Peugeot avtomobillari koʻplab xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan oltita „Yevropada yilning eng yaxshi avtomobili“ mukofotini qoʻlga kiritgan[8]. Brend motorsportda ham yuz yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatga erishib kelmoqda. Jumladan 1913, 1916 va 1919-yillarda Indianapolis 500 poygalarida gʻalaba qozongan. Peugeot Sport besh marta Jahon Rally Chempionatida (1985, 1986, 2000, 2001, 2002), yetti marta Dakar Rallysi (1987, 1988, 1989, 1990, 2016, 2017, 2018) musobaqasida, uch marta Le Mans 24 Soatlik Poygasida (1992, 1993, 2009), ikki marta World Endurance Championshipda (1992, 1993), uch marta Interkontinental Rally Challenge Chempionatida, ikki marta Interkontinental Le Mans Kubogida (2010, 2011) va uch marta Pikes Peak Xalqaro Togʻ Koʻtarilish Musobaqasida (1988, 1989, 2013) gʻalaba qozongan.

Dastlabki ishlab chiqarish

tahrir
 
1810-yildagi Peugeotning birinchi logotipi, sher tasvirlagan

Fransiyaning Valentigne, Montbéliard, Franche-Comté shahridagi Peugeot oilasi 1810-yilda ishlab chiqarish biznesini poʻlat quyish bilan boshladi. Tez orada ular arralar ishlab chiqarishga kirishdi. Keyin boshqa qoʻl asboblarini yasashdi. Oila taxminan 1840-1842-yillarda esa qahva maydalagichlarini ishlab chiqara boshladi. 1874-yilda qalampir maydalagichlari, taxminan 1880-yilda esa velosipedlar ishlab chiqarishga oʻtdi[9].

Kompaniyaning transport vositalari bozoriga kirib kelishi poʻlat simlar ishlatiladigan crinolin koʻylaklari sababli boshlandi. Bu esa soyabon ramkalari, oʻq, sim gʻildiraklar va velosipedlar ishlab chiqarishga turtki berdi[10]. Armand Peugeot 1882-yilda oʻzining „Le Grand Bi“ deb nomlangan velosipedini taqdim etdi. Shu bilan birga boshqa turdagi velosipedlarni ham ishlab chiqardi[11].

Kompaniyaning dastlabki logotipi oʻqda yurib ketayotgan sherni tasvirlagan. Bu Peugeot arralarining tezlik, kuch va moslashuvchanligini ifodalagan[12]. 1926-yilda kompaniya avtomobil va mototsikl kompaniyasi bilan velosiped kompaniyasi ikkiga boʻldi. Ammo Cycles Peugeot oilaviy kompaniyasi XX asr davomida velosiped ishlab chiqarishda davom etdi. Keyinchalik, velosiped brendi boshqa kompaniyalarga sotib yuborildi. Oilaviy kompaniya boʻlgan Peugeot Saveurs hozir ham maydalagichlar va boshqa oshxona anjomlarini ishlab chiqarishni davom ettirmoqda[13].

Dastlabki motorli transport vositalari

tahrir

Armand Peugeot avtomobillarga erta qiziqish bildirgan. Gottlieb Daimler va boshqalar bilan uchrashgandan soʻng, avtomobillarning samaradorligiga ishongan. Birinchi Peugeot avtomobili, Léon Serpollet tomonidan ishlab chiqilgan uch gʻildirakli, bugʻ bilan ishlaydigan mashina edi. Bu avtomobil 1889-yilda ishlab chiqarilgan. Undan faqat toʻrtta nusxa tayyorlangan[14]. Bugʻ bilan ishlaydigan transport vositalari ogʻir va katta hajmli boʻlib, uzoq vaqt qizdirishni talab qilgan.

1890-yilda Daimler va Émile Levassor bilan uchrashgandan soʻng, Armand bugʻ energiyasidan foydalanishni toʻxtatgan. Daimler litsenziyasi asosida Panhard tomonidan yasalgan toʻrt gʻildirakli ichki yonuv dvigateliga ega avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu avtomobil oʻz zamonasidagi koʻplab avtomobillardan koʻra rivojlangan edi. U Uch nuqtali osma tizimi va sirpanuvchi uzatma mexanizmi bilan jihozlangan edi[15]. Shunday avtomobillardan biri yosh Alberto Santos-Dumontga sotilgan va u avtomobilni Braziliyaga eksport qilgan[16].

Shundan soʻng koʻplab boshqa avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. 1892-yilda 29, 1894-yilda 40, 1895-yilda 72, 1898-yilda 156 va 1899-yilda 300 ta avtomobil ishlab chiqarilgan[14]. Dastlabki modellarga „tur“ raqamlari berilgan. Peugeot benzin bilan ishlaydigan avtomobillarga rezina shinalar (qattiq, pnevmatik boʻlmagan) oʻrnatgan birinchi ishlab chiqaruvchi edi.

Oiladagi kelishmovchiliklar tufayli Armand Peugeot 1896-yilda Société des Automobiles Peugeot kompaniyasini tashkil qilgan. Ammo 1910-yilda u yana oila boshqaruvidagi Peugeot velosiped va mototsikl biznesi bilan birlashtirilgan[17].

Peugeot avtomobil poygalarida ilk kashshoflardan biri boʻlgan. Albert Lemaître Parij–Ruen poygasida 3 ot kuchiga ega Peugeot avtomobilida gʻalaba qozongan. Boshqa beshta Peugeot ham asosiy poygada qatnashgan va barchasi poygani muvaffaqiyatli yakunlagan. Lemaître bugʻ bilan ishlaydigan avtomobilga ega boʻlgan Comte de Diondan 3 daqiqa 30 soniya orqada qolib poygani tugatgan. Ammo Comte de Dion rasmiy musobaqada ishtirok eta olmagan[18].

Uchta Peugeot avtomobili Parij–Bordo–Parij poygasida qatnashgan. Ammo oʻrtacha tezlik 20,8 km/soat (12,9 milya/soat) boʻlishiga qaramay[19] ular Panhard avtomobiliga poygani yutqazgan[20]. Ular 31 500 frank mukofotni qoʻlga kiritgan[19]. Bu poygada Michelinning pnevmatik shinalari ham ilk bor ishlatilgan[21] va ular Peugeotga oʻrnatilgan edi. Ammo shinalar yetarlicha bardoshli boʻlmagan[18]. Shunga qaramay, avtomobillar hali ham tashqi koʻrinishidan ot-aravasiz vositalarga oʻxshardi. Avtomobil rul oʻrniga tutqich bilan boshqarilgan.

1896-yilda birinchi Peugeot dvigatellari ishlab chiqarilgan va endi biznes Daimlerga bogʻliq boʻlib qolmagan. Rigoulot tomonidan ishlab chiqilgan birinchi dvigatel 8 ot kuchiga (6,0 kVt) ega boʻlib, Type 15 avtomobilining orqasiga oʻrnatilgan[21]. Bu dvigatel Rochet-Schneider tomonidan ishlab chiqarilgan nusxa asosida yaratilgan[21]. Keyingi yillarda koʻplab oʻzgartirishlar kiritilngan. Dvigatel Type 48 modelida old tomonga oʻtkazilgan va tez orada avtomobil kapoti ostiga joylashtirilgan. Rul esa Type 36 modelida oʻrnatilgan. Kompaniya avtomobillari zamonaviy avtomobillarga oʻxshay boshlagan.

Manbalar

tahrir
  1. „Privacy notice“. Automobiles Peugeot. Qaraldi: 2023-yil 3-iyul.
  2. Chaudhary, Utkarsh „Peugeot 408 GT, our 7th car in Dubai: Initial ownership experience“. Team-BHP.com (2023-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
  3. „PEUGEOT Appoints Accenture Song as Global Creative Agency of Record“. Newsroom (2023-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
  4. Wood, Tom „Autonomous Peugeot E-Legend concept is the car of the future“. Supercar Blondie (2024-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
  5. „History of the Peugeot family, pioneers of the French industry“. www.peugeot.com. 2017-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-may.
  6. „9 Oldest Car Companies in the World“. Oldest.org (2017-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  7. Darke, Paul. „Peugeot: The Oldest of Them All“, in Ward, Ian, executive editor. World of Automobiles (London: Orbis, 1974), Volume 15, p.1683.
  8. „Peugeot 208 wins 2020 European Car of the Year award“ (2020-yil 2-mart). Qaraldi: 2023-yil 24-mart.
  9. Georgano, G. N. Cars: Early and Vintage, 1886-1930. (London: Grange-Universal, 1985), p.22.
  10. Darke, Paul. „Peugeot: The Oldest of them All“, in Northey, Tom, ed. The World of Automobiles (London: Orbis Publishing, 1974), Volume 15, p.1682.
  11. „Les Moulins Peugeot, l'alliance du design et de l'ingéniosité“. Peugeot Saveurs.
  12. „Peugeot launches a desktop sculpture of its new brand ambassador“. Peugeot (2018-yil 27-sentyabr). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  13. „Team Peugeot TotalEnergies shuffles driver pack for 2024“. 24h-lemans.com. Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
  14. 14,0 14,1 Georgano, p22.
  15. Darke, p.1683.
  16. Wykeham, P. Santos-Dumont: a Study in Obsession. London: Putnam. 1962. pp.30-1
  17. Watkins, Gary „Peugeot unveils tweaked 2024 WEC line-up“. Motorsport.com (2024-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 20-yanvar.
  18. 18,0 18,1 Georgano, p.22.
  19. 19,0 19,1 Georgano, p.20.
  20. Darke, p.1684. The Panhards were disqualified for being two-seaters. Georgano, p.22.
  21. 21,0 21,1 21,2 Darke, p.1684.