Pichan isitmasi — allergiyaning bir shakli. U eshak yemi, astma va oqsil (protein)ga sezgir baʼzi teri kasalliklarini oʻz ichiga olgan kasalliklar guruhiga kiradi. Sababi protein nafaqat oziq-ovqat mahsulotlarida, balki oʻsimlik gulchanglarida ham uchraydi. Shuvoq kabi oʻt turlari gullaganda havoda koʻp miqdorda gulchang hosil boʻladi. Hosil boʻlgan gulchanglar odamning ogʻiz, burun hamda koʻz sohalariga tushadi. Agar insonda oqsilga sezuvchanlik yuqori boʻlmasa, hech narsa sodir boʻlmaydi. Aksincha, proteinga taʼsirchanlik boʻlsa, gulchang insonning mushak va toʻqimalariga taʼsir koʻrsatib, noxush reaksiyaga sabab boʻladi. Pollinoz kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar fan va insoniyatga maʼlum. Shu sababli uning oldini olish uchun tibbiyotda turli davolash usullari qoʻllanadi. Masalan, baʼzi bemorlar immunitetni oshiradigan gulchang yoki oqsil preparatlarini qabul qilish orqali davolansa, ayrimlar gulchanglardan xoli joylarda yashashni afzal koʻradi[1].

Manbalar

tahrir