Pilla tortish, pilla chuvish, — pilla qobigʻidan xom ipak olish jarayoni. Bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi. Dastlab pilla kapalak ochmasligi uchun issiq havo yoki bugʻda unga ishlov berilib, gʻumbagi oʻldiriladi; buzilmasligi uchun maxsus apparatlarda quritiladi; sifati boʻyicha sarala-nadi (sortlarga ajratiladi); nihoyat, Pilla tortishda pilla sirtidagi chulgʻamlar, ipak tolasi va pilla ichidagi chulgʻanmaydigan parda olinadi. Pillalardan yakka tolalarini chuvitib tortib olish uchun tozalanib, saralanib va quritilgan pillalar maxsus idishda maxsus suyuk,lik va muayyan temperaturada bugʻlanib ivitiladi. Har bir ivigan pillaning yakka tola uchi topilib tortiladi (nomi shundan), bir necha yakka tolalar qoʻshilib kalava qilib oʻraladi. Ana shu mahsulot xom ipak deb ataladi. Xom ipakni yigirib va pishitib, shoyi toʻqish uchun tayyor ipak (ipak tola) olinadi.

Pilla tortish (pillakashlik) xunarmandchilikning qad. turlaridan. Oʻzbekistonda ilgari (4-asrda ) Samarqand, Buxoro Xiva, Margʻilon, Andijon, Qoʻqon kabi shaharlarda Pilla tortish asosan, qoʻlda bajarilgan, ipak tolalari kul charxida yigirilgan, endi bu ishlar Pilla tortish avtomati yordamida, yigirish mashinalarida amalga oshiriladi.

Pilla tortish avtomatida bir nechta (mas, 12 ta) stanok-tos, har qaysi stanok-tosda bir nechta (mas, 10 ta) dan tutqich va ipak kalavasini oʻraydigan charx boʻladi. Har bir tutqich qarshisiga oʻrna-tilgan tos ichida uchi topilgan pillalar (mas, 67—70 ta pilla) boʻladi. Taʼminlovchi vilka yordamida taranglovchi valik orqali uchi bogʻlangan pillalar tosga donalab tashlab turiladi va tut-qich asosidagi diyekka ilashtiriladi. Disk aylanganda ipak tortilib, kalavaga oʻralaveradi. Maboda tolalar uzilsa, avtomat mashina yuk va richag taʼsirida oʻz-oʻzidan toʻxtaydi. Pilla tortish avtomatida maʼlum ingichka-yoʻgʻonlik va pishiklikdagi texnika ipagi yoki xom ipak olinadi (qarang Ipakchshshk sanoati, Pillachilik).

Manbalar

tahrir
  • Abduqodirov, Pillachiligimiz tarixidan lavhalar, T., 2000.