JorjtaunGayananing poytaxti va asosiy iqtisodiy markazi. Demerara daryosining Atlantika okeaniga quyilish joyida. Aholisi 200 ming kishi (1995). Iqlimi subekvatorial, sernam iqlim. Yillik yogʻin 2230 mm. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 26°, sentabrniki 28°.

J.ga 1781 yilda gollandiyaliklar asos solgan va 1812 Y.gachaTabrok (yoki Stabruk) deb atalgan. 1831 yildan Britaniya Gvianasining markazi. 1966 yil may oyidan mustaqil Gayana davlatining poytaxti. Temir yoʻl stansiyasi. Xalqaro ahamiyatga ega Timeri aeroporti bor. G. mamlakatning yirik porti. Chetga boksit, yegʻochtaxta, shakar-qand, rom va b. chiqariladi; chetdan gʻalla va sanoat mollari keltiriladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Oziq-ovqat (shakar-qand, tamaki, pivo, un tortish), yogʻochsozlik (taxta tilish) sanoati korxonalari mavjud. Meʼmoriy yodgorliklaridan soborlar, yogʻochdan ishlangan dunyodagi eng katta sobor (19-asr), Milliy majlis va sud binolari, ratusha va b. saqlangan. Universitet, kutubxona, Gayana muzeyi, drama teatri, botanika bogʻi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil