Piramida sxemasi
Piramida sxemasi – bu investitsiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni sotish orqali emas, balki sxema ishtirokchilari sonining oʻsishi orqali naqd toʻlovlar yoki boshqa daromad shakllari vaʼdasiga asoslangan biznes modeli. Sxema aʼzolarining soni geometrik progressiya darajasida oʻsib boradi. Shu sababli, olingan daromadlar orqali barcha ishtirokchilarning investitsiylarini koʻpaytirish imkonsiz.
Piramida sxemalari barqaror emas va koʻpincha noqonuniydir. Baʼzi koʻp darajali marketing rejalari piramida sxemalari sifatida tasniflangan[1].
Asosiy modellar
tahrirPiramida sxemalarida tashkilotchilar sxemaga qoʻshiluvchilardan kirish badalini olishadii. Evaziga esa, shular jalb qilgan yangi aʼzolarning badal pulidan maʼlum ulushini vaʼda qilishadi. Yigʻilgan mablagʻlarning bir qismi tashkilotchilarning daromadlari boʻlib, ular biron bir haqiqiy ish bilan shugʻullanadimi yoki yoʻqmi, sxemadan foyda koʻrishadi. Sxemaga aʼzolik yangi kelganlarni jalb qilishni davom ettirish va pulni piramida tepasiga koʻchirish uchun kuchli stimul boʻladi. Bunday tashkilotlar kamdan-kam hollarda real qiymatga ega boʻlgan tovarlar yoki xizmatlarni sotadilar. Ushbu sxema uchun asosiy daromad manbai koʻplab yangi kelganlarni jalb qilish yoki hozirgi aʼzolardan qoʻshimcha toʻlovlarni talab qilishdir.
Piramida sxemalarining tuzilishi eksponensial oʻsish grafigiga oʻxshaydi. Piramida ostidagi har bir daraja yuqoridagidan ancha katta. Bunday sxema aʼzo boʻlganlarning barchasini pul bilan taʼminlashi uchun uni cheksiz ravishda kengaytirish kerak. Bu esa mumkin emas, chunki Yer aholisi cheklangan. Agar yangi aʼzolar qoʻshilishdan toʻxtasa, boshqa daromad manbalariga ega boʻlmagan piramida sxemasi buziladi.
Odatda, piramida sxemalarining yuqori darajasida turuvchi odamlar (tashkilotchilar va birinchi qoʻshilganlar) odatda foyda koʻradilar, quyi darajadagi odamlar esa odatda pul yoʻqotadilar. Geometrik progressiyada eng katta elementlar oxirida boʻlgani sababli, sxemaning koʻp sonli ishtirokchilari piramidaning quyi qismlarida boʻlishadi. Bu koʻp sonli aʼzolar faqat qoʻshilish uchun pul toʻlaganlar, lekin hali hech qanday daromad olishga ulgurmaganlar boʻladi. Shuning uchun, piramida sxemasida bir necha kishi (sxema yaratuvchilari ham) katta pul topadi, sxemaga qoʻshilganlarning koʻpchiligi esa pul yoʻqotadi. Shu sababli, bunday sxemalar firibgarlik hisoblanadi[2].
"Sakkiz toʻp" ning soddalashtirilgan modeli
tahrirUshbu modelda har bir kishi faqat ikkitasini jalb qilishi kerak, ammo bu qulaylik natijalarga erishish uchun zarur boʻlgan chuqurlik bilan qoplanadi. Toʻrt darajadagi model jami oʻn beshta aʼzolarni oʻz ichiga oladi: 1 + 2 + 4 + 8 = 15. Koʻpgina haqiqiy sxemalar murakkabroq. Bunday holda, koʻp hollarda kuzatilishi mumkin boʻlgan oddiy model koʻrib chiqiladi.
Yuqoridan pastgacha darajalarni nomlaymiz: „kapitan“, „ikkinchi uchuvchilar“, „ekipaj“ va „yoʻlovchilar“. Ismlarning koʻp variantlari mavjud, ammo bu muhim emas. Bunday sxemalar oʻzining fribgarliklarini yashirish uchun kirish badali evaziga turli „sovgʻalar“ haqida gapirishadi[3].
Sakkizta „yoʻlovchi“ sxemaga qoʻshilish uchun miqdorni (masalan, 250 dollar) toʻlashi (yoki „sovgʻa qilishi“) kerak. Yigʻilgan miqdorni (2 000 dollar) „kapitan“ oladi, u ketadi va hamma bir darajaga koʻtariladi. Ikkita yangi „kapitan“ paydo boʻladi, shuning uchun guruh ikkiga boʻlinadi. Endi har bir guruhga sakkizta yangi „yoʻlovchi“ ni kerak boʻladi. Sxemaga yoʻlovchi sifatida qoʻshilgan kishi „kapitan“ maqomiga ega boʻlmaguncha hech narsa olmaydi. Shuning uchun, agar sxema qulab tushsa, piramidaning pastki uch darajasidagi ishtirokchilar pullarini yoʻqotadilar.
Agar biror kishi ushbu modelni firibgarlik sifatida ishlatsa, u pulning katta qismini oladi. Buning uchun toʻlamasdan kafolatlash uchun birinchi uchta darajani (jami 7 kishi) doʻstlar ismlari bilan toʻldirish kifoya. Yaʼni, xuddiki shu 7 kishi shu sistemadan oʻtib kelayotgan boʻlishadi va 8 ta yangi passajirlardan 2000 dollarni olishlari mumkin. Pulni olib, yangi pasajjirlarni ishonchiga kirish uchun yana qaytadan passajir sifatida qoʻshilish mumkin. Oxirgi 4 ta doʻst pulni olgandan soʻng gʻoyib boʻlish mumkin. Qabul qilingan pul oʻyinga „yoʻlovchi“ sifatida qayta kirish uchun etarli boʻlib, hamma uning samaradorligiga ishonch hosil qiladi va ikkinchi toʻlovni olishga umid qilib, sxemani iloji boricha uzoqroq muddatga uzaytiradi.
Matritsali sxemalar
tahrirMatritsa sxemalarida ishtirokchilar bepul yoki arzon narxlardagi kerakli tovarlar yoki xizmatlar uchun navbatga qoʻshilishga pul toʻlaydilar. Bunday „navbat“ ga maʼlum miqdordagi yangi odamlar qoʻshilganda, navbatda turgan birinchi odam kerakli mahsulotni oladi. Masalan, eng yuqori pogʻonadagi ishtirokchiga buyumni olish va navbatdan chiqishi uchun oʻn nafar yangi ishtirokchi kerak boʻlishi mumkin. Har bir yangi kelgan kishi navbatda oʻz oʻrnini egallashi uchun qimmat, lekin foydasiz buyumni, masalan, elektron kitobni sotib olishi kerak. Navbatdagi ishtirokchi tark etishi uchun uni yangi kelganlarning yangi partiyasi bilan toʻldirish kerak. Sxema tashkilotchisi yangi kelganlardan olingan umumiy daromadning navbatdan chiqayotgan shaxsga oʻtkazilgan tovarlar narxidan oshib ketishi tufayli foyda oladi. Matritsa sxemalari piramida sxemalari bilan bir xil eksponensial qonunlarga amal qilganligi sababli, ishtirokchilarning faqat bir qismi oʻzlari xohlagan narsaga erishadilar. Boshqa odam navbatga qoʻshilishni istamasa, sxema toʻxtaydi.
Moliyaviy piramida bilan taqqoslash
tahrirPiramida sxemalari koʻpincha moliyaviy piramidalar (Ponzi sxemalari) bilan adashtiriladi. Lekin ular oʻrtasida farq mavjud.
Piramida sxemalarida pul yuqoriga yuboriladi, piramidaning oraliq qismlari odatda foyda keltirmaydi. Bunday sxemalar odamlar yetarli boʻlmaganligi uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Ponzi sxemalari avval investitsiya qilgan va daromad olishi kerak boʻlgan ishtirokchilarga yangi kelgan investorlarni hisobidan toʻllab beradi. Yaʼni, investorning daromadini koʻpatirib olishi yangi xuddi shunday investorning kelishiga bogʻliq.
Baʼzi moliyaviy piramidalar tarmoqli marketing elementlarini oʻz ichiga oladi, shuning uchun ularning kombinatsiyasini tashkil qiladi.
Tarmoqli marketing bilan taqqoslash
tahrirBaʼzi tarmoqli marketing kompaniyalari piramida sxemasi kabi ishlaydi. Qonuniy tarmoqli marketing koʻpincha piramida sxemalari bilan adashtiriladi[1][4][5].
Piramida sxemasi va mahsulot yoki xizmatlarni sotish uchun tarmoq marketingidan foydalanadigan kompaniyani farqlash juda qiyin boʻlishi mumkin[1][4][6]. AQShning Federal Trade Commission (Federal savdo komissiyasi) maʼlumotlariga koʻra, qonun asosida ish koʻruvchi tarmoqli marketing daromad manbaiga koʻra farq qiladi[7]:
Barcha tarmoqli marketing rejalari qonuniy emas. Agar siz ishlab topadigan pul tovarlaringizni keng ommaga sotishingizdan keladigan boʻlsa, bu qonuniy tarmoqli marketing rejasi boʻlishi mumkin. Agar siz ishlab topgan pul faqatgina siz jalb qilgan odamlar va ularga sotadigan mahsulotingiz soniga asoslansa, bu noqonuniy boʻlishi mumkin[8].
Money Magazine maqolasida taʼkidlanishicha, tarmoqli marketingdagi qonuniy tuzilmalar distribyutorlardan iborat boʻlib, ular uchun asosiy daromad shaxsan va ular taklif qilgan odamlar tomonidan maʼlum tovarlarni sotishdan tushadi[9]. Masalan, 1975-yildan 1979-yilgacha davom etgan sud jarayonida Amway savdo va marketing rejasi noqonuniy piramida sxemasi emasligi aniqlangan. Florida bosh maslahatchisi yordamchisi Fred Hochszteinning taʼkidlashicha, baʼzi tarmoqli marketing firmalari qonuniydir, lekin koʻpchiligi bunday emas[9]. Noqonuniy kompaniyalar oʻz distribyutorlariga mahsulotni sotish orqali emas, balki yangi distribyutorlardan kirish toʻlovlarini undirish orqali pul ishlash imkoniyatini beradi. Hatto qonuniy kompaniyalar ham koʻpincha potentsial distribyutorlarni ushbu biznesda barqaror daromad olish uchun zarur boʻlgan haqiqiy xarajatlar va harakatlar haqida xabardor qila olmaydilar, kompaniyaning pochta roʻyxatlari va tijorat broshyuralarida esa saxiy vaʼdalar mavjud. Misol uchun, Amway maʼlumotlariga koʻra, oʻrtacha ishlaydigan distribyutor oyiga 76 dollar oladi[9]. Bir qator kompaniyalar atrofida, xoh ular tarmoqli marketing yoki moliyaviy piramidalar (masalan, Talk Fusion[10][11], Setinbox, Emgoldex[12][13] va uning analogi Swissgolden[14]) boʻladimi, oʻzaro doimiy tortishuvlar mavjud. OneCoin moliyaviy piramidasi dastlab oʻzining „kriptovalyutasini“ sotish uchun koʻp darajalarga ega marketingdan foydalangan. Vaholanki ekspertlar haqiqiy kriptovalyutalarga aloqador hech narsani koʻrmagan[15].
Eslatmalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Smith, Rodney K.. Multilevel Marketing. Baker Publishing Group, 1984 — 45-bet. ISBN 0-8010-8243-9.
- ↑ „Pyramid schemes“. 2-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-sentabr 2017-yil.
- ↑ Tracy McVeigh. „Pyramid selling scam that preys on women to be banned“. Guardian (5-avgust 2001-yil). 9-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2013-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Pyramid Schemes“. Federal Trade Commission (13-may 1998-yil). 16-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-mart 2016-yil.
- ↑ Edwards, Paul. Franchising & licensing: two powerful ways to grow your business in any economy, 1997 — 356-bet. ISBN 0-87477-898-0.
- ↑ Keep, William W; Vander Nat, Peter J. (2014). „Multilevel marketing and pyramid schemes in the United States: An historical analysis“ (PDF). Journal of Historical Research in Marketing. 6-jild, № 2. 188–210-bet. doi:10.1108/JHRM-01-2014-0002. 2016-04-12da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 26-mart 2016-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Pyramid Schemes“ (18-iyul 2013-yil).
- ↑ „Multilevel Marketing“ (14-iyul 2016-yil).
- ↑ 9,0 9,1 9,2 The Mess Called Multi-Level Marketing With celebrities setting the bait, hundreds of pyramid-style sales companies are raking in millions, often taking in the gullible.
- ↑ Sud otklonil isk Talk Fusion k Vkontaktu
- ↑ Sud Peterburga otklonil isk amerikanskoy firmi k „VKontakte“ // РИА Новости 05.06.2013
- ↑ Otzivi ob Emgoldex. Eto obman i razvod ili biznes vozmojnost?
- ↑ „Emgoldex ne yavlyaetsya finansovoy piramidoy! Pochemu?“. 6-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ „Audit kompanii „Swissgolden““. 3-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-avgust 2022-yil.
- ↑ Cryptoqueen: How this woman scammed the world, then vanished // Би-Би-Си, 24-noyabrya 2019.(ingl.)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |