Piridoksin
Piridoksin, piridoksol, V6 vitamini — suvda eriydigan vitamin; piridin hosilasi. Toʻqimada piridoksalfosfat (asosan, aminokislotalarning sintezlanish va parchalanish reaksiyalarida qatnashuvchi ko-ferment)ga aylanadi. Goʻsht, baliq, sut, jigar, hamirturush, koʻpgina oʻsimlik mahsulotlarida boʻladi. Ichak mikro-florasida sintezlanadi. P. yetishmasligi odam va hayvonlarda dermatit, tomir tortishishi, anemiyaga sabab boʻladi. Kimyoviy sintezlab olinadigan P. tibbiyotda ishlatiladi. [1]
ManbalarTahrirlash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |