Pirimqul Qodirov

Oʻzbek yozuvchisi

Pirimqul Qodirov — oʻzbek yozuvchisi. 1928-yil 25-oktyabrda Tojikistonning Xoʻjand viloyatidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi.

Pirimqul Qodirov
Tavalludi 25-oktyabr 1928-yil
Vafoti 20-dekabr 2010-yil(2010-12-20)
(82 yoshda)
Kasbi
Ijod qilgan tillari Oʻzbek tili
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Janr Sarguzasht, tarixiy asarlar
Shoh asari „Yulduzli tunlar“ (1978)
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

1951-yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va 1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi. Birinchi kitobi — „Studentlar“ 1950-yilda chop etilgan. Yangi avlod oʻzbek ziyolilarining shakllanishi „Uch ildiz“ romanida (1958) tasvirlangan. Roman 1959-yilda Moskvada rus tilida chop etildi.

Ijodi tahrir

Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti „Qora koʻzlar“ (1966) romanida aks ettirilgan. Pirimqul Qodirov „Qadrim“ (1963), „Erk“ (1969), „Meros“ (1975) qissalari, „Olmos kamar“ (1977) romani muallifi.

Soʻng oʻttiz yil davomida xalqning tarixiy xotirasini uygʻotadigan „Yulduzli tunlar“ (1978), „Avlodlar dovoni“ (1988), „Ona lochin vidosi“ (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman oʻzbek tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta tirajda chop etildi. U hind, urdu, bengal, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga oʻgirilgan.

Olim Pirimqul Qodirov „Til va dil“ (1973), „Xalq tili va realistik proza“ (1974) singari ilmiy, „Oʻylar“ (1971), „Qalb gavhari“ (2001) badia kitoblar muallifi.

Tarjimalari tahrir

Pirimqul Qodirov Lev Tolstoyning „Kazaklar“ qissasi, Konstantin Fedinning „Ilk sevinchlar“, X. Deryaevning „Qismat“ romanini oʻzbekchaga tarjima qilgan.

Unvonlari tahrir

Pirimqul Qodirov 1990–2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining raisi, rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi. 1988-yilda Pirimqul Qodirovga „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni, 1998-yilda „El-yurt hurmati“ ordeni berildi.[1][2]

Asarlari tahrir

  • P. Qodirov „Yulduzli tunlar“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1977-1979.
  • P. Qodirov „Avlodlar dovoni“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1989.
  • P. Qodirov „Ona lochin vidosi“. T.: „[Sharq]“, 2001.

Manbalar tahrir

  1. * Shermuhamedov R. „Pirimqul Qodirov“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1983.
  2. * Sharafiddinov O. „Adabiy etyudlar“. T.: Adabiyot va sanʼat, 1968, 139-166