Dmitriy Ivanovich Pisarev [1840.2(14).10, hozirgi Lipetsk viloyati Znamenskoye qishlogʻi — 1868.4(16).7, hozirgi Yurmala] — rus publitsisti va ada-biy tankidchisi. Peterburg universitetining tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan (1856—61). "Russkoye slovo" ("Rus soʻzi") jur.da peshqadam tanqidchi si-fatida faollik koʻrsatgan. Shu davrda P.ning dunyoqarashida keskin oʻzgarish sodir boʻlib, u oʻtkir soʻz yordami bilan rus jamiyatining chirib borayotgan asoslarini larzaga keltirishni oʻz ol-diga maqsad qilib qoʻygan. Chor hoki-miyatini agʻdarishga daʼvat etuvchi pam-fleti uchun 1862-yilda qamoqqa olingan. P. 1866-yil avf etilgach, N.A. Nekrasovning "Otechestvennie zapiski" ("Vatan yozishmalari") jurnali bilan hamkorlik qilgan.

Pisarev adabiy faoliyat bilan qisqa vaqt shugʻullanganiga qaramay, juda koʻp falsafiy va adabiy-tanqidiy maqolalar yozishga ulgurgan. 1860-yilda Geyne ijodi bilan tanishish Pisarev estetikasining shakllanishida muhim omil boʻlgan. Shundan keyin tabiiy fanlarga ixlos qoʻygan Pisarev fanni, dastavval, tabiatshunoslik va matematika fanlarini rivojlan-tirmay turib, jamiyatni taraqqiy et-tirish mumkin emas, degan fikrda boʻlgan. Pisarev nazarida, faqat matematika va tabi-atshunoslik fanlarigina "ochlar va yalangʻochlar"ning qornini toʻydirishi, binobarin, fan deb atalishga hakli boʻlgani uchun u, pirovardida estetikani va adabiy asarlarning estetik talqinini mantiq-siz, deb topgan. Shu nuqtai nazarga amal qilgan P. N.G.Chernishevskiyttg "oqilona egoizm" haqidagi nazariyasini qoʻllabquvvatlaydi ("Realistlar"). M.Ye. Saltikov-Shchedrinta qarshi malomat toshlarini otish, satiraning ij-timoiy ahamiyatini inkor etish P.ning nafaqat estetik, balki ijtimoiy-siyosiy maʼnodagi xatosi ham boʻlgan ("Beozor yumor chechaklari"). Pisarevning "Pushkin va Belinskiy" sin-gari eng yaxshi adabiytanqidiy maqolalari maʼrifatparvarlik ruhi bilan sugʻorilganiga qaramay, bahs-munozarali fiqolardan xoli emas.

Manbalar

tahrir
  • Literaturnaya kritika, t 1—3, M., 1981. Ad.: Korotkov Yu., Pisarev, M., 1976.