Pishloqli sous
Pishloqli sous — asosan, qattiq pishloq yoki eritilgan pishloqdan tayyorlangan sous. Baʼzan quritilgan pishloq yoki pishloq kukuni ishlatiladi[1][2]. Sousning koʻplab turi bor va turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Savdoga tayyor pishloq souslari ham suyuq, ham quruq variantlarda ishlab chiqariladi.
Pishloqli sous uchun har xil pishloqlar ishlatiladi. Sous tayyorlash uchun pishloq maydalanadi, suyuq yoki pastasimon ingrediyentlar bilan aralashtiriladi va qizitiladi. Bu eritilgan sariyogʻ, ru, smetana, qaymoq, sut, bulyon boʻlishi mumkin. Shuningdek, beshamel[3], mayonez, ketchup kabi boshqa souslar ham boʻlishi mumkin[4]. Sousni quyuqroq qilish uchun kraxmal, un yoki tuxum sarigʻi qoʻshiladi. Pishloqli sousning umumiy tarkibiy qismi tuz, qora va qizil qalampir, zira singari ziravorlar va dorivorlardir. Shuningdek, ukrop, petrushka, kashnich, sarimsoq kabi xushboʻy oshkoʻklar.
Pishloqli sous parranda goʻshti, qoʻziqorin, makaron, toblama ovqatlar uchun tayyorlanadi. Baliq, dengiz mahsulotlari, sabzavotlar, issiq va sovuq yeguliklar, gazaklar uchun ham tayyorlanadi.
Turlari
tahrir- Alfredo sousi — amerikalik Fetuchini Alfredo sousi
- Havorang pishloqdan xushxoʻrlashtirgich[5]
- Karuzo sousi — Janubiy Amerika sousi
- Chedder sousi[6]
- Chili kon keso — eritilgan pishloq, chili qalampiri, pomidor va ziravorlardan tayyorlangan amerikacha sous-dip.
- Qisqichbaqa sousi[7]
- Morne sousi — fransuzcha beshamel asosidagi sous
- Pishloqli nachos — Amerika eritilgan pishloqli sousi
- Almadrok — Oʻrta asr Kataloniya oshxonasining sarimsoq-pishloqli sousi[8]
Foydalanish
tahrirPishloqli sous bilan tayyorlanadigan va isteʼmol qilinadigan taomlar:
- Kartoshka fri
- Chizsteyk
- Fondu
- Lokshen mit kaese
- Pishloqli makaron
- Nachos
- Tetratsini
- Pishloqli Uels qovurma nonlari
-
Cheez Whiz ochiq bankasi. Amerika brendi Kraft Foods kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan eritilgan pishloq pastasi.
-
Chili kon keso tortilla chiplari bilan
-
Morne sousi
-
Pishloqli sous qoʻshilgan brokkoli
-
Moskvadagi McDonaldʻs restoranida Heinz pishloqli sousi paketchasi. Rossiya
Manbalar
tahrir- ↑ Celigueta Torres, Isabel; Ispen, Richard Ipsen1; Kjær Beck,Tove (2008). „Rheology and Functionality of Cheese Powders“. Annual Transactions of The Nordic Rheology Society. Vol. 16. Retrieved 4 November 2021.
- ↑ Guinee, Timothy P.; O'Brien, Niamh B.; Rawle, Donal F. (1994). „The viscosity of cheese sauces with different starch systems and cheese powders“. International Journal of Dairy Technology. 47-jild, № 4. Wiley. 132–138-bet. doi:10.1111/j.1471-0307.1994.tb01535.x. ISSN 1364-727X.
- ↑ Sous beshamel s sirom
- ↑ Sous sirniy
- ↑ Weagant, Stephen D.; Bryant, James L.; Bark, Don H. (1-iyun 1994-yil). „Survival of Escherichia coli O157:H7 in Mayonnaise and Mayonnaise-Based Sauces at Room and Refrigerated Temperatures“. Journal of Food Protection. 57-jild, № 7. 629–631-bet. doi:10.4315/0362-028X-57.7.629. ISSN 0362-028X. Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Rodgers, R.. Sauces, Salsas & Relishes, Williams Sonoma mastering. Free Press, 2005 — 63-bet. ISBN 978-0-7432-6737-3. Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
- ↑ Heuck, Lidey „Baked Crab Dip With Old Bay and Ritz Crackers Recipe“. NYT Cooking (11-avgust 2020-yil). Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.
- ↑ Song, H.R.. A Taste of Barcelona: The History of Catalan Cooking and Eating, Big City Food Biographies. Rowman & Littlefield Publishers, 2019 — 57-bet. ISBN 978-1-5381-0784-3. Qaraldi: 4-noyabr 2021-yil.