Pivo toshqini (inglizcha: London Beer Flood) ― 1814-yil 17-oktabrda Buyuk Britaniyada Londondagi muqaddas Egidiya (inglizcha: St. Giles) cherkovida sodir boʻlgan. „Mo and company“ pivo zavodida (inglizcha: Meux and Company Brewery)[1] Tottenhem Kort Roud koʻchasida (inglizcha: Tottenham Court Road)[2][1] 610 kub metrli pivo idishi yorilib, binodagi qolgan baklarning ketma-ket yorilib ketishiga olib kelgan. Natijada deyarli 1,5 ming kub metr pivo koʻchalarga toʻkilib ketgan. Pivo toʻlqini ikkita uyni vayron qilgan va Tavistok Arms qovoqxonasining devorini yorib oʻtib, bufetchini devor siniqlari bosib qolgan[3].

Toten Hall house in Tottenham Court Road.
Falokatdan bir yil oldin Tottenham Court Roaddagi uy

Pivo zavodi Sent-Gilzning qashshoq tumanlaridagi xaroba uylar orasida joylashgan boʻlib, u yerda butunboshli oilalar yashovchi yertoʻlalarga pivo toʻlgan. Natijada, toʻqqiz kishi halok boʻlgan: sakkiz kishi dimiqib, bir kishi spirtli ichimlikdan zaharlanishdan vafot etgan[2].

Baʼzi oʻlganlarning qarindoshlari ularning jasadini oʻz uylarida namoyish qilib, qiziquvchilardan pul yigʻishgan. Bunday namoyishlardan birida shunday koʻp olomon toʻplanganki, pol koʻtarolmasdan tomoshabinlar ichida hali ham pivo boʻlgan yertoʻlaga tushib ketishgan.

Voqea sudda koʻrib chiqilgan, ammo sudya ham, yoqlovchi ham ham voqeani fors-major natijasi deb tan olgan, buning uchun hech kim javobgarlikka tortilmaydi. Kompaniya pivodan ajrashi sababli ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qolgan, zararning asosiy qismini toʻlangan soliq tashkil qilar edi. Biroq tadbirkorlar parlament orqali soliq toʻlovlarini qaytarishga erishadilar, bu ularga kompaniyani saqlab qolish imkonini bergan.

Pivo zavodi 1922-yilda buzib tashlangan. Bu joy hozir Dominion teatri tomonidan egallangan.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Greenberg, Michael I.. Disaster!: A Compendium of Terrorist, Natural, and Man-made Catastrophes — 156-bet. ISBN 0763739898. 
  2. 2,0 2,1 Rennison, Nicholas. The Book of Lists: London. Canongate Books Ltd, 2006. ISBN 9781841956763. 
  3. London Beer Flood at Expages.com (archived version).

Havolalar

tahrir