Poʻlatov Haydar (1928.10.7, Chinoz qishlogʻi, Toshkent viloyati — 1993.19.5, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), falsafa fanlari doktori (1968), professor (1969). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1949). Shu institutda davlat va huquq nazariyasi kafedrasining dotsenti (1953—55). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa kafedrasining mudiri (1958—64, 1984-yildan), Toshkent Oliy partiya maktabi (1970—71), Toshkent avtomobil yoʻllari instituti falsafa kafedrasining mudiri (1972—82), shu institut prorektori (1982—84). Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, inson falsafasi, madaniyat falsafasi, dialektika va bilish nazariyasi, axloqshunoslik va siyosatshunoslikka bagʻishlangan, milliy mafku-ra masalalari boʻyicha maqolalar yozgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil