Poʻlat Habibullayev
Poʻlat Qirgʻizboyevich Habibullayev (14 oktabr 1936, Andijon — 7 fevral 2010) — fizik olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1984). SSSR (1991 yildan Rossiya) Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1984). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), fizika-mat. fanlari doktori (1971), professor (1972). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1960). Toshkent pedagogika institutida kafedra mudiri (1964—71), Andijon paxtachilik instituti rektori (1971—75), Oʻzbekiston KP MK fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri (1975—78). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori (1978—88), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Issiqlik fizikasi boʻlimi ilmiy rahbari (1977 yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1979—84), prezidenti (1984—88), Oʻzbekiston Oliy Soveti raisi (1985—88), Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1988—89), Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi (1994 yildan), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi direktori (2002 yildan). "Oʻzbekiston fizika jurnali" bosh muharriri (1995 yildan). Ilmiy ishlari akustik spektroskopiya, fizik va kvant akustika, nanofizika va yumshoq muhitlar fizikasi, nochiziqli op-tika va lazer termokimyosi, superion oʻtkazgichlar va kvant-oʻlchamli sistemalar fizikasi, yadro fizikasi va radiatsion materialshunoslik, nochiziqli dinamika va xaos, izotoplar fizikasi va kimyosi, lazer fotosintezi va boshqa yoʻnalishlarga doir. H. kritik hodisalar va fazaviy oʻtishlar sohasini oʻz ichiga olgan kondensirlangan muhitlar akustik spektroskopiyasi asoschilaridan biri. Oʻrta maktab va oliy oʻquv yurtlari uchun fizikadan darsliklar muallifi. Pokiston, Hindiston va boshqa bir qancha xorijiy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2000)[1].
Poʻlat Qirgʻizboyevich Habibullayev | |
---|---|
oʻzbekcha: Пўлат Қирғизбоевич Ҳабибуллаев | |
![]() | |
Õzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi | |
Mansab davri 9-aprel 1988-yil — 6-mart 1989-yil | |
Oʻtmishdoshi | Rafiq Nishonov |
Vorisi | Mirzaolim Ibragimov |
O'zbekiston SSR Oliy Kengashi raisi | |
Mansab davri 30-mart 1985-yil — 9-aprel 1988-yil | |
Oʻtmishdoshi | Erkin Yusupov |
Vorisi | Rasul Ğulomov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-oktabr 1936-yil "V.I.Lenin" nomidagi kolxoz, Asaka tumani, Andijon viloyati, ÕzSSR, SSSR. |
Vafoti |
7-fevral 2010-yil (73 yoshda) Toshkent, Õzbekiston |
Siyosiy partiyasi | SIKP |
Taʼlim | Õrta Osiya davlat universiteti |
Kasbi | Issiqlik fizikasi |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |