Poʻlat Yunusovich Yusupov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Po‘lat Yunusovich Yusupov
Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi-
Mansab davri
1974 – 1980
Avvalgisi Аsomov, Salohiddin
Keyingisi Аlimov Тimur А’zamovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1936-yil
Siyosiy partiyasi КPSS

Biografiyasi tahrir

1936-yilda tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

1960-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda. 1960—1987-yillarda — Toshkent viloyat komsomol qoʻmitasi komsomol tashkilotlari boʻlimi instruktori, mudir oʻrinbosari, instruktor, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, Toshkent viloyat partiya qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri, MK instruktori. Oʻzbekiston Kompartiyasi, Boʻstonliq, Orjonikidze tuman partiya komitetlarining birinchi kotibi, xalq deputatlari Toshkent viloyat Soveti ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston SSR oʻrmon xoʻjaligi vaziri.

Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9, 10 va 11-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

KPSS XXV qurultoyi delegati.

Havolalar tahrir

  • Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 370.