Pobeda (aviakompaniya)
Pobeda LCC, (ruscha: Победа, tarjimasi 'Gʻalabaʼ), Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi Aeroflot tomonidan toʻliq egalik qilinadigan ultra lou-koster aviakompaniya[5]. Ichki va xalqaro yoʻnalishlarga, asosan, Vnukovo xalqaro aeroportidagi markazidan muntazam qatnovlarni amalga oshiradi[6]. Bosh ofisi Moskvada joylashgan[7].
| |||||||
Tashkil topgan | 16-sentyabr, 2014-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Boshlangan amaliyotlari | 1-dekabr, 2014-yil | ||||||
Havo tuguni | |||||||
Fokus shaharlari |
| ||||||
Park hududi | 41 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 67 | ||||||
Egasi | Aeroflot | ||||||
Bosh qarorgohi | Moskva, Rossiya | ||||||
Muhim shaxslar | Andrey Yurikov, bosh direktor v.v.b..[2] | ||||||
Yillik daromadi | 20.6 mlrd RUB[3][4] (2017-moliya yili) | ||||||
Kirim | 2.8 mlrd RUB[3][4] (2017-moliya yili) | ||||||
Sayti | pobeda.aero |
Faoliyati 2014-yil oxirida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Pobeda 2019-yil holatida Rossiya va Yevropadagi eng tez rivojlanayotgan aviakompaniyalardan biri hisoblanadi[8][9], 2019-yil fevral oyida Rossiyaning 3-yirik aviakompaniyaga aylandi[10], 2019-yil yanvarda 689 100 yoʻlovchi tashidi[11], yoʻlovchi tashish oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43,7 foizga yaxshilandi va 800 million AQSh dollari qiymatida baholandi[12].
Tarixi
tahrirBudget Carrier kompaniyasi 2014-yil 16-sentyabrda Aeroflotning 100% ulush bilan muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu Aeroflotning 2014-yil avgustida faoliyatini toʻxtatgan Dobrolet aviakompaniyasidan keyin arzon aviatashuvchi yaratish yoʻlidagi ikkinchi urinishidir[manba kerak]. Pobeda 2014-yil 11-noyabrda aviaoperator sertifikatini oldi va oʻsha yilning 1 dekabrida Moskva-Vnukovodan Volgogradga birinchi parvozini amalga oshirdi[13]. Toʻqqiz oy ishlagidan keyin, 2015-yil sentyabrida aviakompaniya 2 million yoʻlovchini tashib ulgurdi[14].
Aviakompaniya 2015-yil oktyabr oyida Moskvadan Bratislavaga aviaqatnovni yoʻlga qoʻyishga urinib koʻrdi[15], ammo Rossiya Federal havo transporti agentligi aviakompaniya kamida ikki yil davomida ichki parvozlarni amalga oshirishi kerakligi talabi bilan xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun arizani rad etdi[16]. Biroq, Bratislava aeroporti va Pobeda 2015-yil 19-dekabrda boshlangan Bratislavaga birinchi xalqaro reys boshlanganini eʼlon qildi. Pobeda shuningdek, Moskvadan Avstriyaning Vena shahriga parvoz va sayohat sxemasi boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qiladi va ushbu sayohatning bir qismi – Bratislava-Vena yoʻnalishida avtobus qatnovi amalga oshiriladi[14].
2015-yil dekabrida Pobeda Zalsburg muntazam yoʻnalishini atigi 34 ta chipta sotilganidan keyin bekor qildi.
2018-yil avgustida Pobeda xorijiy aeroportlarda yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun kishi boshiga 25 yevro yigʻim olinishini maʼlum qilgan edi[17]. Bu keng jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻldi va 2018-yil dekabr oyida Moskva viloyatlararo transport prokuraturasi aviakompaniyaning bunday qaroriga qarshi daʼvo arizasi bilan chiqdi[18].
2019-yil oktyabr oyida sud aviakompaniya yoʻlovchilar uchun xorijiy aeroportlarda roʻyxatdan oʻtish toʻlovini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi[19]. Bunga javoban Pobeda xorijdan chiptalar narxi 40 foizga oshganini eʼlon qildi[20].
2021-yil avgust oyida Pobeda bosh direktori Andrey Kalmikov Rossiya aviakompaniyalariga beriladigan davlat yordamiga shubha bilan qaragan holda, aviamarshrutlar va yoʻnalishlarining bekor qilinishi va taqiqlanishini tijoriy risk deb atadi[21].
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan lizing beruvchilar oʻz samolyotlarini Pobedadan qaytarib olishga harakat qilishdi[22]. Samolyotlar uchun ehtiyot qismlarni joʻnatish uchun sanksiyalar joriy qilindi[23]. Andrey Kalmikov bosh direktor lavozimini tark etdi va kompaniyadan ketdi[24].
Parvoz manzillari
tahrirAviaparki
tahrir2022-yil sentabr holatiga koʻra Pobeda aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat[25]:
Samolyot | Miqdori | Yoʻlovchilar | Eslatmalar |
---|---|---|---|
Boeing 737-800 | 41 | 189 | Samolyotlar Aeroflotdan olingan[26] |
Jami | 41 |
Korporativ faoliyati
tahrirBiznes koʻrsatkichlari
tahrir2014-yildan beri „Pobeda“ ning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari:
2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tovar aylanmasi (mlrd ₽) | 0,11 | 11.3 | 18.7 | 20.6 | 35.5 | |||
Yoʻlovchilar soni (mln) | 0,11 | 3.1 | 4.3 | 4.6 | 7.2 | 10.3 | 9.0 | 14.4 |
Yoʻlovchilar yuklamasi koeffitsienti (%) | 78 | 81.2 | 88.3 | 94.2 | 94.1 | 94 | ||
Samolyotlar soni (yil oxirida) | 3 | 12 | 12 | 16 | 30 | |||
Eslatmalar/manbalar | [27] |
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
tahrir- 2016-yil 11-noyabr – Boeing 737-800 Cheboksari aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagidan deyarli 20 metr (66 ft) tashqarida qoʻndi. Hech kim jabrlanmadi, samolyot ozgina zarar koʻrdi[28].
Manbalar
tahrir- ↑ „В Шереметьево празднуют "Победу"“ (2021-yil 8-fevral).
- ↑ „Глава Победы ушёл в отставку“ (ru). РБК (2022-yil 4-mart).
- ↑ 3,0 3,1 „"Победа" пошла на снижение“ (2018-yil 3-yanvar).
- ↑ 4,0 4,1 „Глава "Победы" — РБК: Вся отрасль знала про грядущий коллапс "ВИМ-Авиа"“. РБК.
- ↑ Blachly, Linda. „Russia's Aeroflot to acquire Transaero Airlines“. Air Transport World (2015-yil 1-sentyabr). 2015-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Расписание“ (ru). Победа (2014-yil 1-noyabr). 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-noyabr.
- ↑ „Contacts“. Pobeda. — „Property 4, building 1, p. Moskovsky, Kievskoe Shosse, 22nd km Moscow, Russia, 108811“. Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
- ↑ Morris, Hugh. „Revealed: Europe's fastest growing airline (and you've probably never heard of it)“ (en-GB). The Telegraph (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ Times. „Russia's Pobeda Named Europe's Fastest-Growing Airline“ (en). The Moscow Times (2019-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ ES. „Moscow's Vnukovo demonstrated 11.6% traffic growth in January“ (en-US). Russian Aviation Insider (2019-yil 15-fevral). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ ES. „Aeroflot Group's January passenger traffic up by 14.5 per cent“ (en-US). Russian Aviation Insider (2019-yil 27-fevral). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ ES. „The value of Russia LCC Pobeda is now US$800 million, Aeroflot boss claims“ (en-US). Russian Aviation Insider (2019-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-dekabr.
- ↑ Pobeda (2014-yil 11-noyabr). „Istoriya“ (ru). Press-reliz.
- ↑ 14,0 14,1 Pobeda (2015-yil 12-noyabr). „Podeba“ (ru). Press-reliz.
- ↑ "Crossing Borders?". Airliner World: 10. October 2015.
- ↑ "Red Light for Pobeda". Airliner World: 10. November 2015.
- ↑ Ведомости. „"Победа" будет брать 25 евро за регистрацию в зарубежных аэропортах“. www.vedomosti.ru (2018-yil 8-avgust). Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
- ↑ „На авиакомпанию "Победа" подали в суд из-за платной регистрации на рейсы“. snob.ru. Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Прокуратура через суд добилась отмены платной регистрации для пассажиров "Победы"“ (2019-yil 8-oktyabr).
- ↑ Ведомости. „"Победа" поднимает в среднем на 40% цены на рейсы в Россию“. www.vedomosti.ru (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 16-oktyabr.
- ↑ „Глава Победы выступил против господдержки авиакомпаний“ (ru). RBK Group (2021-yil 15-avgust).
- ↑ „Lessors start repossessing aircraft from Russian airlines“ (2022-yil 1-mart).
- ↑ „S7 & Pobeda See US Export Bans Extended“ (2022-yil 22-dekabr).
- ↑ Curran. „Reputation Damage: Aeroflot's Unexpected Start To 2022“ (2022-yil 2-iyun).
- ↑ „Pobeda Fleet Detail and History“. Planespotters.net (2018). Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Rossiya To Take All Of Aeroflot's Sukhoi SJ100s By 2022“. Simple Flying (2020-yil 30-noyabr).
- ↑ „Perevozki passajirov i passajirooborot za yanvar-dekabr 2018–2019 gg.“. 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
- ↑ „Самолет авиакомпании "Победа" выкатился за пределы ВПП в аэропорту Чебоксар“. Interfax (2016-yil 11-noyabr).