Pobeda (soat)
Pobeda (ruscha: Победа, Victory) – rus qoʻl soatlari brendi hisoblanadi. Brend nomini 1945-yil aprel oyida Stalinning oʻzi tanlagan[1]. Stalin birinchi soatlar Gʻalaba bayramining 1-yiliga tayyor boʻlishini buyurgan. Birinchi pobeda soati prototipi Penza zavodida 1945-yil oxiriga kelib chiqqan. Lekin omma uchun birinchi model 1946-yil mart oyida Kirov soatlari zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Egasi | Petrodvorets soat zavodi |
---|---|
Ishlab chiqariladi | Rossiya |
Veb-sayt | https://www.pobedawatches.com/ |
Tarixi
tahrir„Pobeda“ ning dizayni oddiy Fransuz dizayniga asoslangan. Ikkinchi jahon urushidan oldin, Sovet Ittifoqidagi jadal sanoatlashtirish davrida, Sovet hukumati mahalliy soat ishlab chiqarish sanoatni rivojlantirish uchun xalqaro invistitsiya izlagan. Oxir-oqibat fransuz soat ishlab chiqaruvchisi LIP tanlangan. LIP Penzada yangi soat zavodini tashkil etishdi va LIP ning bir nechta soatini litsenziyalashgan. 1908-yilda yaratilgan dizaynlardan biri, R-26 edi. Keyinchalik R-26 dizaynga sezilarli oʻzgarishlar kiritilish kutilgan. Lekin Ikkinchi Jahon urushi bu rejalarni vaqtincha toxtatgan. Ammo Ittifoqchilarning gʻalabasidan soʻng, bu soat dizayni Penzada tezda tugatildi va Birinchi Moskva soat zavodida toʻliq ishlab chiqarish boshlandi. Iosif Stalin urush tugashi sharafiga soatga Pobeda (Gʻalaba) nomini bergan.
Zavodlar
tahrirSovet Ittifoqi davrida Pobeda soatlari quyidagi zavodlarda ishlab chiqarilgan:
- Penza soat zavodi (Penzenskiy Chasovoy Zavod): 1945-yil
- Birinchi Moskva soat zavodi (Pervyy Moskovskiy Chasovoy Zavod): 1946-1953-yillarda
- Petrodvorets soat zavodi (Petodvortsovyy Chasovoy Zavod): 1946-yildan hozirgi kungacha
- Chistopol soat zavodi (Chistopolskiy chasovoy zavodi): 1949 – yildan 1950 – yilgacha
- Ikkinchi Moskva soat zavodi (Vtoroy moskovskiy chasovoy zavodi): 1953-1964-yillarda
- Maslennikov zavodi (Zavod imeni Maslennikova): taxminan 1951-yildan 2004-yilgacha
Postsovet Rossiyasida Pobeda soatlari faqat Sankt-Peterburgdagi Petrodvorets soat zavodida ishlab chiqargan.