Podgoritsa (Podgorica, 1952-1992-yillarda Titograd) — Chernogoriya Respublikasi poytaxti. Skadar koʻli soyligida joylashgan. Aholisi 136 ming kishi (2003). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Alyuminiy kombinati, metallsozlik, mebel, toʻqimachilik, tamaki, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Chernogoriya fan va sanʼat akademiyasi, universitet bor.

Qad.da P. oʻrnida rimliklarning Virziminium qishlogʻi boʻlgan. 7-asrda Chernogoriyani slavyan qabilalari egallagach, qishloq Ribnitsa deb ataldi. 12-asr 80-yillari — 1360-yilda P. deb nomlangan. 1427-yildan P. Zet knyazligi marka-zi. 15-asrning oxirlaridan Usmonli turk imperiyasi tarkibida, 1878-yilda Chernogoriyaga qaytarilgan.

P.da meʼmoriy yodgorliklardan turklar qurgan qalʼa qoldiqlari (15-asr), 17—19-asrlarda qurilgan binolar hamda shahar yaqinida antik Dokley shahri xaro-balari, cherkov va boshqa saqlangan.