Polipropilen
Polipropilen – propilennmg termoplastik polimeri [—CH2—CH2(CH3)—]"; rangsiz kristall modda. Mol. m. 30000—500000. Suyuqlanish temperaturasi 172°, zichligi 920–930;kg/m3. Kislotalar, ishqorlar, erituvchilar va anorganik yemiruvchi muhitlarga chidamli. Benzol, organik erituvchilar va efirda eriydi. Polipropilen propilenni oddiy temperatura va 10—40 atm. bosimda katalizator ishtirokida polimerlab olinadi. Polipropilen mahsulotlari puxta va yeyilmaydi, dielektrik. Tolalar, plyonkalar, idishlar, agressiv muxitlar uchun quvurlar, sovitkich va radio detallari ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |