Polvontoʻra jome masjidiOʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid. Masjid Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumandagi masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Polvontoʻra jome masjidi
Polvontoʻra
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Gʻazalkent koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Farrux domla Kurganov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Polvontoʻra jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Gʻazalkent koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻazalkent mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, D. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Xonobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Farrux domla Kurganov hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Polvontoʻra jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar

tahrir
  1. „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.