Portal:Amerika Qoʻshma Shtatlari

AQSh portaliga xush kelibsiz!
Welcome to the USA portal!

Amerika Qoʻshma Shtatlari portali

AQSh bayrogʻi
AQSh bayrogʻi
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh; inglizcha: United States of America), Qoʻshma Shtatlar yoki shunchaki Amerika — Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti — Vashington shahri, BMT aʼzosi. AQSh Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Maʼmuriy jihatdan 50 shtat va Kolumbiya federal okrugiga boʻlinadi. Alyaska va Gavayi shtatlari mamlakat asosiy hududidan tashqarida joylashgan. Puerto-Riko Hamdoʻstligi, Shimoliy Mariana orollari Hamdoʻstligi, Guam, Virginiya orollari va Sharqiy Samoa ham AQShga qarashli. Maydoni 9 373 000 km², aholisi 333 000 000 kishi (2021).


Tanlangan maqola

Texas (inglizcha: Texas; talaffuzi: Teksas) — AQSh shtatlaridan biri boʻlib, aholi va maydon jihatdan ikkinchi oʻrinda, qitʼa shtatlari orasida esa birinchi oʻrinda turadi. Nomi kaddo tilidagi „Tejas“ soʻzidan olingan boʻlib, „doʻstlar“ yoki „ittifoqdoshlar“ degan maʼnoni anglatadi. Geografik jihatdan mamlakat janubi-markazida joylashgan boʻlib, janubdan Meksikaning Chihuahua, Coahuila, Nuevo León va Tamaulipas shtatlari, gʻarbdan AQShning New Mexico, shimoldan Oklahoma, shimoli-sharqdan Arkansas va sharqdan Louisiana shtatlari bilan chegaradosh. Texas maydoni 696 200 km2 (268 820 kvadrat milya) boʻlib, unda 26,1 million aholi istiqomat qiladi.

Texas Amerikaning qishloq xoʻjalik, chorvachilik, taʼlim, neft va kimyo sanoati, iqtisodiy markazlaridan biri sanaladi. Shtat poytaxti — Ostin, maʼmuriy boʻlinuvi — okruglar (254). Shtatning pochta qisqartmasi — TX.

„Texasdagi olti bayroq“ nomi shtat hududida hukmronlik qilgan xalqlarni bildiradi. Ispaniya Texas hududida hukmronlik qilgan ilk Yevropa davlatidir. Fransiya Texasda qisqa muddat mustamlaka siyosatini olib boradi. Meksika esa bu oʻlkani 1836-yilgacha, yani Texas Respublika sifatida mustaqillik olgunicha oʻz nazoratida ushlaydi. 1845-yili shtat AQShga 28-shtat sifatida qoʻshiladi. Mamlakat anneksiyasi 1846-yili Meksika-Amerika urushining boshlanishiga sababchi boʻldi. 1861-yili Texas AQSh tarkibidan chiqib, Amerikadagi Ozodlik urush vaqtida Amerika shtatlari Konfederatsiyasiga kirishini maʼlum qildi. Urushdan soʻng Ittifoq tashkil topguniga qadar, shtat uzoq vaqt iqtisodiy inqirozni boshidan kechirdi.

Yaxshi maqola

Ariana Grande-Butera (26-iyun 1993-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. U oʻz karyerasi davomida koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Grammy mukofotiga, bir marta Brit mukofotiga, ikki marta Billboard Music Awardsga, uch marta American Music Awards va toʻqqiz marta MTV Video Music Awardsga loyiq topilgan. Floridaning Boca Raton shahrida tugʻilgan Grande musiqiy faoliyatini ilk bor oʻn uch yoshida 2008-yilda Broadway teatrida sahnalashtirilgan 13 nomli myuzikl bilan boshlagan. U Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatilgan Victorious (2010-2013) va Sam & Cat (2013-2014) teleseriallaridagi Cat Valentine roli bilan shuhrat qozongan. Keyinchalik, uning YouTubedagi kaver versiyada kuylangan ashulalarini payqagan Republic Records studiyasi u bilan 2011-yilda shartnoma imzolaydi. Uning pop va R&B janrlaridagi Yours Truly (2013) nomli debyut albomi AQSh Billboard 200 chartida birinchi raqamli albom boʻldi va albomning „The Way“ singli esa Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi. Grande oʻzining ikkinchi va uchinchi studiya albomlari sanalmish My Everything (2014) va Dangerous Woman (2016) albomlarida pop va R&B janrlarini davom ettiradigan EDM elementlaridan foydalandi. Albomlardan birinchisi global miqyosda muvaffaqiyat qozondi va albomning „Problem“, „Break Free“ va „Bang Bang“ singllari Billboard 200 chartida top oʻntalikka kirdi; ikkinchisi Birlashgan Qirollik albomlari chartida toʻrtta ketma-ket birinchi raqamli albomlarning biri boʻldi. Shaxsiy kurashlari uning trap elementlaridan foydalangan toʻrtinchi va beshinchi studiya albomlari boʻlmish Sweetener (2018) va Thank U, Next (2019) larga taʼsir koʻrsatdi hamda albomlarning har ikkisi ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Sweetener albomi Grammyning „Eng yaxshi pop vokal albomi“ nominatsiyasiga loyiq topildi, Thank U, Next albomi esa koʻplab streaming xizmatlarida rekord oʻrnatdi va Grammyning „Yil albomi“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi.