Portfel investitsiyalar
Portfel investitsiyalar
tahrirPortfel investitsiyalar – shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar korxonalarning moliyaviy xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat oʻrnatish xuquqini bermaydi. Xorijiy portfel investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. By turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni echish uchun murojaat qilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy boʻlimlari mablagʻlarning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun oʻtkazadilar.
Uning shakillari
tahrirPortfel investitsiyalar quyidagi koʻrinishda boʻlishi mumkin:
- aksioner qimmatbaho qogʻozlari – bozor muomalasidagi pul hujjati boʻlib, hujjat egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan mulkiy xuquqga egaligini tasdiqlaydi;
- zayom qimmatbaho qogʻozlar – bozor muomalasidagi pul hujjati boʻlib, zayom egasining ushbu hujjatni chiqargan shaxsga nisbatan munosabatini tasdiqlaydi.
Qoʻshimcha
tahrirPortfel investitsiyasining bevosita investitsiyalardan afzallik tomoni shundaki, ular tugatilish vaqtida qimmatbaho qogʻozlar tezda naqd valyutaga almashtirib olinishi mumkin. Portfel investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi – tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda xorijiy investor oʻz mablagʻlarini xorijda maksimal foyda keltiruvchi qimmatbaxo qogʻozlarga joylashtirishi mumkin. Maʼlum bir maʼnoda rtfel investitsiyasi pulni inflyasiya va spekulyasiya yuli bilan foyda koʻrishdan saqlash vositasi sifatida qaraladi. Bunda investitsiya qilinayotgan soha ham, qimmatbaho qogʻoz turi ham hech qanday ahamiyatga ega emas, u ustama kurs oʻsishiga qarab istalgan foydani berishi kerak boʻladi.
Yana qarang
tahrirAdabiyotlar
tahrir1. Bobonazarova J., Boyzoqova D., Rasulova Sh., Rasulov Sh. «Xorijiy investitsiyalar, kichik biznes va tadbirkorlik» fanidan o’quv uslubiy majmua. – Jizzax: JizPI. – 2019.