Potir
Potir - xristian cherkovidagi marosimiy qadah. U ostki qismi ustki qismidan kattaroq boʻlgan, yumaloq shakldagi sharob ichishga moʻljallangan qadah. Xristianlar potirdan “Yevxaristiya” marosimida foydalanadilar. “Yevxaristiya” Isoning xochga mixlanishdan oldingi kechada havoriylar bilan birga tanovul qilgan eng oxiri kechki ovqat xotirasiga bagʻishlangan sirli marosim. Xristianlar unda non (Isoning tanasi) bilan sharob (Isoning qoni)ni tanovul qiladilar. Bu orqali ular oʻzlarini xudoga yaqinroq boʻldik deb hisoblaydilar. Xristianlikda potirga quyilgan vino Iso Masixning qoni sifatida istemol qiinadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 318.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.