Prime jamoasi
Prime — 2010-yilda tashkil etilgan sobiq koreyalik StarCraft II kisport jamoasi, 2012-yilda jamoa Global StarCraft II Team League 1-mavsumida chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda kelishilgan oʻyinlar mojarosidan soʻng jamoa tarqatib yuborildi.
Tarixi
tahrirJamoa 2010-yil oktabr oyida StarCraft II: Wings of Liberty chiqarilgandan keyin tuzilgan. Dastlab, jamoa Xitoyning World Elite[en] tashkiloti tomonidan moliyalashtirildi, ammo keyinchalik hamkorlik toʻxtatildi va Tt Esports va OCZ Technology[1] jamoa homiylari boʻldi.
Jamoa oʻzining birinchi yirik yutugʻiga — 2010-yilda Brainbox Team Invitational musobaqasida uchinchi oʻrin bilan erishdi. Oʻshanda Old Generation jamoasi chempion boʻldi. 2011-yilda jamoa GSTL I-mavsumining finaliga chiqdi, ammo chempionlik MVP jamoasiga nasib etdi. Prime 2012-yilda 4 ta chempionlikni qoʻlga kiritdi: KSL Team League January, IPL Team Arena Challenge 2, Global StarCraft II Team League Season-1 va KSLTeam League Season I, finalda oxirgi ikkitasida StarTale ni magʻlub etdi[2].
Jamoa Optimus hisobiga egalik qildi, u jamoa nomi bilan birga Transformers qahramoni Optimus Prime nomi bilan ataldi. Ushbu qayd ostida oʻynash huquqi GSL turnirlarida gʻolib chiqqan sportchiga oʻtdi. Shunday qilib, uning ostida, 2011-yilda Chxve „Polt“ Sun Hun, 2012-yilda esa Li „MarineKing“ Chang Hoon[3] qatnashdi.
2015-yil 23-fevralda Xvan „KeeN“ Kyo Sok[4] jamoaga qoʻshildi.
2015-yil 20-iyulda Chan „Creator“ Xyon U jamoani tark etdi[5]. Oʻsha yilning 18-oktabrida Xvan „KeeN“ Kyo Sok[6] va Pyon „ByuN“ Xyon U[7] jamoani tark etishdi. 19-oktabr kuni Janubiy Koreyada StarCraft II musobaqasidagi kelishilgan oʻyinlar mojarosi avj oldi, natijada 12 nafar gumonlanuvchi nomzod sifatida koʻrsatildi, ulardan 9 nafari 2015-yil avgust-oktabr oylarida hibsga olindi. Hibsga olinganlar orasida Primer bosh murabbiyi Park „Jerrard“ Vesik va jamoaning ikki kibersport oʻyinchisi Chxve „YoDa“ Byung-Hyon va Chxve „BBoong“ Yong Xyok bor edi. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, dallollar dastlab Pakning ishonchini qozonish uchun jamoaga kichik miqdorda xayriya qilishgan, keyin esa unga kelishilgan oʻyinlarni tashkil qilishni taklif qilishgan. Pak kibersportchilar bilan kelishib oldi, ularning har biri bittadan kelishilgan oʻyinni muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Keyinchalik brokerlar kibersportchilar bilan bevosita ishlagan[8]. Murabbiy va sportchilar 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq keyinchalik bu jazo uch yillik shartli jazo bilan almashtirilgan. Bundan tashqari, YoDa, Gerrard va BBoong mos ravishda 30, 10 va 5 million von miqdorida jarima toʻlagan[9].
2015-yil 2-dekabrda jamoa oʻz faoliyatini toʻxtatganini eʼlon qildi[10].
Tarkibi
tahrirAsosiy oʻyinchilar[1]:
- Li „MarineKing“ Chan Hun;
- Chan „Creator“ Xyon-U;
- Pyon „ByuN“ Xyon U;
- Cho „Maru“ Son-chu.
Yutuqlari
tahrir- 2010 Brainbox StarCraft II Team Invitational (3-oʻrin)[1];
- 2011 Global StarCraft II Team League Season 1 (2-oʻrin)[1];
- 2012-yil KSL Team League — January (1-oʻrin)[1];
- IPL Team Arena Challenge 2 (1-oʻrin)[1];
- 2012 Global StarCraft II Team League Season 1 (1-oʻrin)[1];
- 2012-yil KSL Team League Season 1 (1-oʻrin)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Груби, Ростислав „Лучшие корейские команды по StarCraft II. Часть первая“. Игромания (20-fevral 2013-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ Paul Park. „KeeN joins Prime“ (inglizcha). The Score eSports (23-fevral 2015-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ Daniel Rosen. „Report: Creator leaves Prime“ (inglizcha). The Score eSports (20-iyul 2015-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ „KeeN leaves Prime“ (inglizcha). The Score eSports (18-oktabr 2015-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ „Nine arrested in SC2 match-fixing scandal“ (inglizcha). The Score eSports (19-oktabr 2015-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ „Report: Gerrard, YoDa, BBoongBBoong given suspended sentences for PRIME matchfixing scandal“ (inglizcha). The Score eSports (31-mart 2016-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ „Nine arrested in SC2 match-fixing scandal“ (inglizcha). The Score eSports (19-oktabr 2015-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ „Report: Gerrard, YoDa, BBoongBBoong given suspended sentences for PRIME matchfixing scandal“ (inglizcha). The Score eSports (31-mart 2016-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ „'스타크2' 승부조작 집행유예…법원 "이번만 선처"“ (koreyscha). yna.co.kr (31-mart 2016-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.
- ↑ Navneet Randhawa. „Prime disbands“ (inglizcha). The Score eSports (2-dekabr 2015-yil). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2019-yil.