ProQuest
ProQuest LLC Ann Arbor, Michigan shtatida joylashgan global axborot-kontent va texnologiya kompaniyasi boʻlib, u dastavval 1938-yili University Microfilms sifatida Eugene Power tomonidan asos solingan.
Turi | Filial |
---|---|
Tarmogʻi | Axborot va maʼlumot yetkazuvchi |
Egasi |
|
Qachon asos solingan | 1938 | University Microfilms sifatida
Asoschi(lari) | Eugene Power |
Rahbariyat |
|
Vebsayti | proquest.com |
ProQuest kompaniyasi kutubxonalar uchun maʼlumotlar baʼzasi boʻla olganigi uchun mashhur hisoblanadi[1]. U dissertatsiyalar, tezislar, elektron kitoblar, gazetalar, davriy nashrlar, tarixiy kolleksiyalar, davlat arxivlari, madaniy arxivlar va boshqa shu kabi jamlangan maʼlumotlar bazasiga kirishni taʼminlovchi ilovalari va axborot xizmatlariga ega[2]. Uning maʼlumotlar baʼzasi 125 milliardda ortiq raqamli sahifalarga ega ekanligi tahmin qilinadi.
Kompaniya oʻz faoliyatini mikrofilm mahsulotlarini ishlab chiqish bilan boshladi va keyinchalik elektron nashr tizimiga oʻtdiga oʻtdi[3]. Biroz fursat o'tkach, oʻz maʼlumotlar bazasini kengaytirish uchun boshqa kompaniyalar bilan tijorat aloqalarini oʻrnatib, mashhurlikka erishdi[1]. 2021-yil 1-dekabrda Clarivate kompaniyasi Cambridge Information Groupdan ProQuestni 5,3 milliard dollarga sotib oldi, bu kelishiv „kutubxona va axborot nashriyot olamidagi ulkan bitim“ deya taʼriflandi. Clarivatening soʻzlariga koʻra, ushbu kompaniyani sotib olish ortida katta operatsion konsepsiya mavjud boʻlib, uning maqsadi ProQuest mahsulotlari va ilovalarini Web of Science bilan integratsiyalash edi.
Korxonalar
tahrirProQuest dastlab mikrofilm ishlab chiqarish maqsadida tashkil etilgan edi[4]. 1939-yildan boshlab doktorlik dissertatsiyalarini nashr eta boshladi[5], 3 milliondan ortiq internetdan qidirib topsa boʻladigan dissertatsiya va tezislarni chop etdi va buning natijasi oʻlaroq United States Library of Congress kutubxonasi uchun raqamli arxiv sifatida tasdiqlandi. Kompaniyaning ilmiy kontenti asosan, dissertatsiyalar, tezislar, elektron kitoblar, ilmiy jurnallarni oʻz ichiga oladi[6]. Shuningdek, eski va yangi nashrdagi gazetalar, davriy nashrlar va shu turdagi tadqiqqotchilarni oʻziga jalb eta oladigan kontentlarni ham kiritishimiz mumkin. ProQuest Video Preservation va Discovery servislariga oʻzining video va audio toʻplamlariga kirish, saqlash va foydalanish uchun ruxsat berdi[7].
2014-yil may oyida ProQuest MChJ quyidagi nomlar ostida faoliyat yuritdi[2].
- Bowker nashriyotlar, kutubxonalar va kitob sotuvchilari uchun bibliografik maʼlumotlarni boshqarish yechimlarini taqdim etadi[8]. Shu bilan birgalikda va Qoʻshma Shtatlarining ISBN agentligi hisoblanadi[9].
- Dialog – bu farmatsevtika, muhandislik va patent tadqiqotlarga qaratilgan korporativ, biznes va hukumat tadqiqotchilari uchun tuzilgan[10] 1,4 milliarddan ortiq yozuvlarga ega onlayn axborot xizmati[11].
- EBL (Ebook Library), akademik nashr sarlavhalari katalogiga ega elektron kitoblar agregatori, akademik xizmatlar, korporativ va tadqiqot kutubxonalariga[12] xizmat koʻrsatadi. Shu bilan birga homiy tomonidan boshqariladigan sotib olish kabi yangi paydo boʻlgan toʻplamni rivojlantirish modellarini qoʻllab-quvvatlaydi[13].
- ebrary akademik, korporativ, davlat, jamoat va oʻrta maktab kutubxonalari uchun moʻljallangan bo'lib, obuna orqalihh yoki doimiy arxiv modeli orqali elektron kitoblar toʻplamlariga kirishni taklif qiladi[14].
Tarixi
tahrir
Michigan universitetining 1927-yilda bakalavr va 1930-yilda MBA bitiruvchisi boʻlgan Yevgeniy Pawer 1938-yilda University Microfilms ga asos solgan. Unda Britaniya muzeyidan saqlab qolingan asarlar jamlangan. 1938-yilning iyuniga kelib, Pawer shahar markazidagi Ann Arbor dafn marosimi zaliga tegishli ikkita xonani ijaraga olib, ishlagan.Uning kutubxonasi kolleksiyalarini saqlash uchun mikrofotosuratga ixtisoslashgan edi. Oʻzining avtobiografiya nashrida Power kompaniyasining rivojlanishi, jumladan, University Microfilmsning Ikkinchi jahon urushi paytida OSSga qanday yordam bergani haqida batafsil maʼlumot beradi[15]. Bu ish asosan xaritalar va Yevropa gazetalarini suratga olish bilan bogʻliq boʻlib, ular urush vaqtida xorijga arzonroq va ehtiyotkorlik bilan joʻnatilishi mumkin edi.
Shuningdek, Power dissertatsiyalarni nashr etish bozorini yuzaga kelganligini payqadi . Talabalar odatda doktorlik darajasini tugatish uchun oʻz ilmiy ishlarini nashr etishga majbur boʻlardilar . Dissertatsiyalar kitob sifatida emas, balki mikrofilm sifatida arzonroq nashr etilishi mumkin edi. ProQuest hanuzgacha juda koʻp miqdorda dissertatsiyalar nashr etdi va uning Dissertations and Theses toʻplami (ilgari Raqamli dissertatsiyalar deb atalgan) AQShning Kongress kutubxonasining rasmiy ombori sifatida deb eʼlon qilingan[16].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „ProQuest Goes Global“. Information Today (2014). 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „Jisc and ProQuest Enable Access to Essential Digital Content“ (Wayback Machine saytida May 27, 2020, sanasida arxivlangan), retrieved May 21, 2014
- ↑ „ProQuest LLC“. PrivCo.com. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-may.
- ↑ Microfilm’s 75th Anniversary (Wayback Machine saytida June 12, 2014, sanasida arxivlangan), retrieved June 15, 2014
- ↑ Thistlethwaite, Polly, „Publish. Perish?: The academic author and open access publishing“, Media Authorship (edited by Cynthia Chris, David A. Gerstner). Routledge, 2013, p. 274
- ↑ „Briefly“. Detroit Free Press. Knight Ridder (1991-yil 26-mart), s. E1. 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-iyun.
- ↑ Against the Grain, News and Announcement 1/9/2014 (Wayback Machine saytida September 3, 2014, sanasida arxivlangan), retrieved June 15, 2014
- ↑ „RR Bowker LLC – Businessweek“, retrieved May 21, 2014
- ↑ „Bowker – Products & Services“ (Wayback Machine saytida March 28, 2015, sanasida arxivlangan), retrieved May 21, 2014.
- ↑ Dialog, LLC home page (Wayback Machine saytida January 13, 2004, sanasida arxivlangan) retrieved May 22, 2014
- ↑ Dialog | Cambridge Information Group (Wayback Machine saytida 2014-02-21 sanasida arxivlangan), retrieved May 22, 2014
- ↑ „ProQuest completes acquisition of EBL“, retrieved May 22, 2014
- ↑ „EBL Unveils the New LibCentral“ (Wayback Machine saytida February 26, 2020, sanasida arxivlangan), retrieved May 22, 2014
- ↑ „ebrary | Pre-Packaged Products“ (Wayback Machine saytida June 30, 2014, sanasida arxivlangan), retrieved May 22, 2014
- ↑ Power, Eugene B.; with Robert Anderson. Edition of One: The Autobiography of Eugene B. Power, Founder of University Microfilms. Ann Arbor, Mich.: University Microfilms International, 1990 — 128–142-bet. ISBN 9780835708982. OCLC 231087195.
- ↑ Library of Congress (1999-yil 22-yanvar). „Library of Congress and Copyright Office Sign Landmark Agreement with UMI“. Press-reliz.