Protozoa
Xarakterli belgilari
tahrirSodda hayvonlar nihoyatda mayda, mikroskop yordamida arang koʻrinadigan bir hujayrali boʻlib, hozirgi vaqtda ulaming 30000 dan ortiq turi maʼlum. Ulaming koʻpchiligi dengiz va chuchuk suvlarda hamda tuproqda erkin yashaydi.Sodda hayvonlar tipi toʻrtta mustaqil sinfga ajratilgan. Ular orasida parazit turlari ham keng tarqalgan. Parazit turlarining soni bir necha mingdan iborat boʻlib, ular odam va hayvonlarda ogʻir kasalliklami keltirib chiqaradi. Shuning uchun sodda hayvonlarni har tomonlama oʻrganish zoologlardan tashqari,tibbiyot va veterinariya mutaxassislarining ham asosiy obyekti boʻlib hisoblanadi. Parazit sodda hayvonlar morfoanatomik tuzilishlari, rivojlanish sikli, shuningdek, xilma-xil organizmlarda yashashga moslashganligi bilan ham bir-biridan tubdan farqlanadi. Demak, bu parazit sodda hayvonlarning evolutsion taraqqiyoti jarayonida turli geologik davrlarda paydo boʻlganligini bildiradi.
Tuzilishi
tahrirSodda hayvonlarning tanasi protoplazma va yadrodan tashkil topgan bitta hujayradan iborat. Shuning uchun ular koʻpincha bir hujayrali hayvonlar deb ataladi. Aynan shu bitta hujayra koʻp hujayrali hayvonlar organizmiga xos boʻlgan barcha funksiyalami bajaradi. Koʻpgina sodda hayvonlarning tanasi tashqi tomondan yupqa elastik qobiq — pellikula bilan qoplangan. Protoplazma tiniq va bir xil tuzilishli ektoplazma hamda yarim quyuq donali endoplazmadan iborat. Hayot faoliyatining asosiy qismi endoplazmada kechadi. Chunki endoplazmada Golji apparati, endoplazmatik tur, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma va shunga oʻxshash muhim organoidlar joylashgan. Bundan tashqari, endoplazmada ovqat hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalar hamda shunga oʻxshash organellalar bor. Sodda hayvonlar bir, ikki va koʻp yadroli boʻladi. Yadro ulaming hayot faoliyati jarayonlarini boshqaradi va koʻpayishda hamda irsiy xossalami nasldan naslga oʻtkazishda muhim rol oʻynaydi. Sodda hayvonlar psevdopodiyalari (soxta oyoqlar), xivchinlari va kiprikchalari yordamida harakat qiladi. Koʻpayishi jinssiz va jinsiy yoʻl bilan sodir boʻladi.
Tarqalishi
tahrirErkin yashovchi protozoa keng tarqalgan bo'lib, ko'pincha chuchuk, sho'r va sho'r suvlarda, shuningdek, tuproq va mox kabi boshqa nam muhitda ko'p. Ba'zi turlar issiq buloqlar [1] va gipersho'r ko'llar va lagunalar kabi ekstremal muhitda o'sadi.[2] Barcha protozoa nam yashash muhitini talab qiladi; ammo ba'zilari quruq muhitda uzoq vaqt davomida sistalar hosil qilib, sharoit yaxshilanmaguncha yashsab qolish imkonini beradi.
Klasssifikatsiyasi
tahrirSodda hayvonlar (protozoa)ni 4 sinfga boʻlinadi:
- Xivchinlilar — Hagellata;
- Sarkodalilar — Sarcodina;
- Infuzoriyalar —Infusoria;
- Sporalilar — Sporozoa
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrirP.R. ALIMXODJAYEVA — biologiya fanlari doktori, TTA «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi professori. M.R. MAMADIYEV — biologiya fanlari doktori, ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi professori. K.K. AMANOV — biologiya fanlari nomzodi, ToshDSIning Andijon filiali «Morfologiya va tibbiy biologik fanlar» kafedrasi mudiri, dotsent. N.D. DAVLATOV — biologiya fanlari nomzodi, ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi dotsenti. T.S. SAYDULLAYEV — biologiya fanlari nomzodi, ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi dotsenti. K.T. M OʻMINOVA — ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi assistenti. D.D. YUNUSOVA — ADTI «Tibbiy biologiya va gistologiya» kafedrasi assistenti. "TIBBIYOT PARAZITOLOGIYASIDAN ATLAS" Toshkent — «ILM ZIYO» — 2015 5 ISBN 978-9943-16-277-8