Prujinali qoʻl tarozisi
Prujinali qoʻl tarozisi — ogʻirlikni oʻlchash uchun ishlatiladigan qoʻl moslamasi, qoʻl dinamometri, maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Moslama qattiq prujinadan iborat boʻlib, ular shkalali korpusga joylashtiriladi. Prujinaga strelka biriktiriladi. Prujinaga hech qanday kuch taʼsir etmasa, yaʼni oʻlchanadigan yuk osilmasa, u siqilgan holatda boʻladi. Prujina gravitatsiya taʼsirida choʻziladi, strelka shkalasi boʻylab harakatlanadi. Strelkaning holatiga qarab, tortilayotgan yukning ogʻirligini bilib olish mumkin.
Prujinali tarozilar qoʻshimcha aylanish tizimi bilan jihozlanishi mumkin, bu buyumlarning ogʻirligini yanada aniqroq oʻlchash imkonini beradi. Maishiy tarozilarning soʻnggi namunalari elektronlashtirilmoqda.
Boshqa har qanday tarozi kabi qoʻl tarozilari ham kuchni oʻlchaydi; ular ~9,81 N kuch uchun 1 kg koʻrsatishga mos qilib darajalangan.
Baʼzan qoʻl tarozisini bezmen deb ham atashadi.
Prujinaning uzayishi Guk qonuni bilan tavsiflanadi.
Tarixi
tahrirBirinchi qoʻl tarozisi taxminan 1770-yilda Vulverxempton yaqinidagi bilstonlik Richard Solter tomonidan yasalgan deya taxmin qilinadi. U va uning jiyanlari Jon hamda Jorj „George Salter & Co“ firmasiga asos solishgan, firma mashhur tarozi ishlab chiqaruvchisiga aylangan va 1838-yilda qoʻl tarozisi uchun patent olishgan. Ular, shuningdek, prujina muvozanati tamoyilini parovozlarning xavfsizlik klapanlari uchun ham qoʻllaganlar va avvalgi dedveyt klapanlarini almashtirganlar[1].
Galereya
tahrir-
Elektron tarozi
-
Prujinali qo‘l tarozisi
-
Prujinali soatsimon qo‘l tarozisi
Manbalar
tahrir- ↑ Hewison, Christian H.. Locomotive Boiler Explosions. David and Charles, 1983 — 18-bet. ISBN 0-7153-8305-1.