41°29′02″N 69°33′56″E / 41.48389°N 69.56556°E / 41.48389; 69.56556

Masjid
Pul yemas ota masjidi
Kirish darvozasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yashnobod
Manzil Olimkent 5-tor koʻchasi[1] 57A-uy[2]
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschilari mahalliy aholi
Maqomi Ishlaydi
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali Gʻisht, marmar, yogʻoch, temir
Holati Faoliyat yuritmoqda
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Map


Pul yemas ota masjidi — Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxmur mahallasi hududida joylashgan jomeʼ masjidi. Masjidning binosi yangitdan qurilgan[3]. 1998-yil Toshkent shahar adliya boʻlimi tomonidan diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan[2].

Tarixi

tahrir

„Pul yemas ota“ masjidi Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan. Masjid binosi 1992-yili qadimiy „Pul yemas ota“ qabristoni yonida barpo etilgan. Masjidi imom xatibi boʻlib ishlagan Xayrullo Togʻaev fikriga koʻra: Bundan besh-olti asrlar oldin ushbu hududdan oʻn uch kishi haj ibodatini bajarish uchun yoʻlga chiqishgan. Yetti oyda haj safaridan bir kishigina sogʻ-omon uyga qaytgan. Undan qolganlar haqida soʻrashganida, hajdan qaytishimizda yoʻlda ochlikdan qiynalishgani, yeyishga biron narsamiz qolmagani haqida aytadi. Kimsasiz biyobonda bir fil bolasini uchratishib, ochlikdan oʻlgandan koʻra, fil bolasini soʻyib yeyishni afzal bilishadi. U kishi esa yemasdan, daraxt ildizlarini kovlab topib yeb jon saqlaydi. Oradan uch kun oʻtgach, ortlaridan ona fil yetib keladi va uning sheriklarini oʻldiradi. Boyagi kishini esa qayta-qayta hidlab koʻrdiyu, zarar yetgizmaydi. Fil oʻz bolasini kim yeganini hididan ajratgan ekan. Shundan soʻng yerlik aholi fil bolasini yemay, hajdan sogʻ-omon qaytgan ushbu kishining ismini aytmay, „Fil yemas ota“ deya taʼriflashgan. U kishi hajdan qaytganidan soʻng bir chillaxona qurib, ibodat bilan mashgʻul boʻlgan. Shogirdlari shu yerda dehqonchilik qilishgan. Yoʻlovchi musofirlar ehtiyojiga meva-sabzovot soʻrashsa, ulardan pul olmay, shundayligicha hadya qilar ekan. Odamlar orasida „Fil yemas ota“ nomi bilan tanilgan bu kishi keyinchalik „Pul olmas ota“ deb ham taʼriflana boshlangan va bora-bora xalq ogʻzida bu gap „Pul yemas ota“ boʻlib ketgan[3].

Mahalla ahli masjidni hashar yoʻli bilan qayta qurmoqchi boʻlib, rahbariyatdan ruxsat soʻraganida, ushbu hudud 10-12 asrlarga oid arxiologik yodgorliklar joylashgan oʻrin boʻlib, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Madaniy meros obʼeklarini muhafaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi roʻyxatida turadi, ular bilan maslahatlashish zarurligini aytishadi. Shundan maʼlum, bu yer koʻp yillik tarixga ega joyligi maʼlum boʻladi. Koʻplab tarixchilar tomonidan oʻrta asrlarga oid topilmalar haqidagi maʼlumotlar yozib qoldirilgan. Biroq moʻgʻullar istilosi davridagi (10-12 asrlar) yodgorliklar saqlanib qolmagan[3].

Tarixshunos olim Suyundiq Mustafoev fikriga koʻra „Pul yemas ota“ Toshkent shahridagi eʼtiborli ziyoratgohlardan biridir. Qadimshunoslarning tadqiqot xulosalariga koʻra, bundan qariyib besh-olti asr oldin ham „Pul yemas ota“ mavzesida odamlar yashagan, biroq kimlar maskan tutgani nomaʼlum. Koʻplab tarixiy asarlarda „Pul yemas ota“ degan joy nomi keltiriladi. Jumladan, „Tarixi jadidayi Toshkand“ asarida Yunusxoʻja oʻn sakizinchi asr oxirlarida, sanjiqli, qirq, qiyot, turk va qangʻli urugʻlari yordamida hokimiyatni qoʻlga kiritgani, gʻalabadan soʻng ularga shahar atrofidagi yerlarni boʻlib bergani aytiladi. Shunda Yunusxon madrasasi Yunusxon mozoriga vaqf qilingan yerlardan tushgan daromad hisobiga faoliyat yuritishi va madrasaning Alachchaxon (Sulton Ahmadjon, 1485—1502-yillarda Sharqiy Moʻgʻiliston xoni) muhri bosilgan vaqfnomasi boʻlgani, mozor va madrasaning Salor arigʻi kun chiqar tomonida joylashgan „Pul yemas ota“ mavzeda ham vaqf yeri bor edi, deya qayd etiladi. 1884-yilgi hujjatlarda ham ushbu vaqf qayd etilib, Niyozbek volostining Pul yemas mavzesi, deb koʻrsatilgan. Ushbu faktlarga suyanib, Pul yemas ota Yunusxonning muridlaridan biri boʻlgan, u ushbu vaqf yerlarida mehnat qilib, tariqat sulukini davom ettirgan, deya taxmin qiluvchilar ham yoʻq emas. Ammo „Pul yemas ota“ mavzesi qadimdan borligi, u zotning hayoti haqidagi maʼlumotlar bizgacha etib kelmagani olti-etti asr oldin yashagan degan taxminlarni keltirib chiqaradi[3].

1992-yili Maʼrupov Abdulatifhoji boshchiligidagi mahalla faollari ishtirokida yangi masjid barpo etiladi. Masjidga atrofdagi „Maxmur“, „Umid“, „Mirzo Ulugʻbek“ va „Beshbola“ mahallalari joylashgan. 1998-yil jome masjid qayta roʻyxatdan oʻtkazildi. Masjid bir qavat boʻlib katta kichik xonaqoh va ayvonlardan iborat. 2005-yilda yangi tahoratxona qurildi. Hozirda jome masjid toʻliq yangidan qayta qurilmoqda.[4].

Joylashuvi

tahrir

Masjid Toshkent shahri Yashnobod tumani Maxmur mahallasi hududida Olimkent 5-tor koʻchasi joylashgan jomeʼ masjidi[4][1].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „5-й Алимкентский проезд“. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Предприятия и организации Узбекистана "PUL YEMAS OTA" masjidi“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Abdulvohid Oʻrozov. „Пул емас ота жоме масжиди“ (uz). masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 27-yanvar.
  4. 4,0 4,1 „«Пулемас ота» жоме масжиди“ (uz). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.