Pungi
Pungi — bitta tayoqchali kapsulali puflama cholgʻu asbobi. Hindistonda anʼanaviy musiqa ijro etishda va ilon oʻynatish amaliyotida qoʻllanadi.
Tuzilishi
tahrirAsbob mushtukli va ikkita naychali rezonator kameradan iborat — melodik va burdon. Rezonator quritilgan qovoqdan, naychalar esa bambukdan qilingan. Tilchalari (qamishlar) ot qili, somon yoki boshqa materiallardan tayyorlangan. Har bir naychaning alohida tilchasi bor.
Chalish texnikasi
tahrirBurdon naycha yordamida faqat bitta uzun nota ijro etiladi, u melodik naychada chalingan asosiy kuyga joʻr boʻlib xizmat qiladi.
Punga pauzasiz chalinadi, buning uchun uzluksiz nafas olish texnikasi qoʻllanadi: havo burunga soʻriladi va bir vaqtning oʻzida lunj yoki tilning harakati bilan ogʻiz orqali tez chiqariladi.
Qoʻshimcha faktlar
tahrir- „Pungi“ soʻzi oddiygina „quvur“ degan maʼnoni anglatadi.
- Bu asbob tumba, mahudi, bin[1]. deb ham ataladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Пунги, Нагасваранам, Шенаи“. 2015-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
Adabiyotlar
tahrir- „Пунги“, Музыкальные инструменты. Энциклопедия. М.: Дека-ВС, 2008 — 459—460-bet.