Purana (Skt. पुराण IAST: purāṇa "qadimiy doston") - qadimgi hind adabiyotining sanskrit tilidagi matnlari. Bular, asosan, Vedadan keyingi davr yozuvlari boʻlib, unda koinotning yaratilishidan to halokatgacha boʻlgan tarixi, shohlar, qahramonlar va devalar nasabnomasi, shuningdek, hind falsafasi va kosmologiyasi tasvirlangan.[1]

Purananing aksariyati hinduizmning turli oqimlarining kanonik yozilmalaridandir.[2][3][4] Puranalar asosan hikoyalar shaklida yozilgan. Hinduizm an'analarida Puranalar tuzuvchisi Vedik Rishi Vyasa hisoblanadi.[5]

Puranalar haqida eng qadimgi eslatma Chandogya Upanishadda (7.1.2) bo'lib, u yerda donishmand Narada Itihasa Puranam Panchama Vedanam deb ataladi. Chandogya Upanishad Puranalar va Itihasalarga "beshinchi Veda" maqomini beradi.[6]

Olimlar, asosan, ma'lum bir filologik xususiyatlarga asoslanib, Maxapuranalar eramizning 3-12-asrlari oralig'ida tuzilgan deb hisoblashadi.[7]

Tasniflash

tahrir

Puranalar mahapuranalarga ("buyuk") va upapuranalarga ("qo'shimcha") bo'linadi. Matsya Puranaga[8] ko'ra, ular panchalakshana ("beshta farqlovchi xususiyat") deb nomlangan beshta asosiy mavzuni belgilab oldilar:

Sarga - koinotning yaratilishi. Pratisarga - ikkilamchi yaratilish, halokatdan keyin qayta yaratish. Vamsha - xudolar va donishmandlarning nasabnomasi. Manvantara — inson zotining yaratilishi.

Manbalar

tahrir
  1. „Puranas at Sacred Texts“. 2018-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  2. Wilson Н. Н., Puranas or an account of their contents and nature, Calcutta, 1911
  3. Pusajker A. D., Studies in the epics and Puranas, Bombay, 1955
  4. An anthology of the epics and Puranas, ed. by S. K. De and R. C. Hazra, New Delhi, 1959
  5. „The Puranas by Swami Sivananda“. 2010-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  6. [hinduism.about.com/od/scripturesepics/a/itihasas_2.htm „The Chandogya Upanisad (7.1.4) mentions the Puranas and Itihasas as the fifth Veda.“] (deadlink). 2008-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  7. Nagendra Kumar Singh (ed.), Encyclopaedia of Hinduism, (1997) ISBN 81-7488-168-9, p. 2324
  8. Matsya Purana 53.65