Aleksandr Sergeevich Pushkin haykali — Ijevskda Udmurt davlat universiteti yonidagi Universitet maydonida oʻrnatildi.

Universitet yonida, Pushkin haykalini oʻrnatish gʻoyasini birinchi boʻlib rektor Vitaliy Juravlev ilgari surgan. Yodgorlik haykaltaroshlar Burganov Aleksandr Nikolaevich va Burganov Igor Aleksandrovich tomonidan yaratilgan. A. N. Burganov uchun, bu Nyu-York va Moskvadagi Nikitskiy darvozasidagi yodgorliklardan keyingi, Pushkinning uchinchi yodgorligidir.

Pushkin haykali 2003-yil iyun oyi boshida, rektor Vitaliy Juravlev koʻplab tomoshabinlar yigʻilishi va bastakor Georgiy Sviridovning „Pushkin gulchambari“ hamda Pushkinning „Yashasin quyosh, zulmat berkinsin!“ sadolari ostida ochilgan.

2012-yil 6-iyun kuni Udmurt universitetining filologiya fakulteti talabalari tomonidan yodgorlik yonida Pushkin asari asosida teatrlashtirilgan adabiy-musiqiy kompozitsiya tashkil etildi[1]. 2012-yil 22-iyun bu yerda Rossiya yoshlari kunini nishonlash doirasida talabalar ijodiyoti festivali ham boʻlib oʻtdi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Студенты филфака УдГУ будут читать стихи у памятника Пушкину в Ижевске“ (ru). Известия Удмуртской Республики (2012-yil 6-iyun). 2019-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.
  2. „Творческие студенты Удмуртии соберутся у памятника Пушкину“ (ru). Аргументы в Ижевске (2012-yil 22-iyun). 2013-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-may.

Havolalar

tahrir