Pxenyan
Pxenyan— Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) poytaxti. Tedongan daryosi boʻyida, 300 m balandlikda. Iqlimi mussonli moʻʼtadil iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —8,2°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 922 mm. Axrlisi 2,6 mln. (1990-yillar oxiri). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan.
P. — Koreyaning qad. shaharlaridan. 4-asrda shahar oʻrnida qalʼa boʻlgan. 427— 668 yillarda Koguryo davlatining poytaxti. 10—14-asrlarda P. Sogyon deb atalgan. 1905—45 yillarda yaponlar qoʻl os-tida boʻlgan. 1948-yil 9-sentabrda P.da KXDR tuzilganligi eʼlon qilingan. 1950—53 yillardagi urush vaqtida bu-tunlay vayron boʻlgan. Urushdan keyin qayta tiklanib, zamonaviy shaharga aylangan.
P. mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atrofidagi shaharlar bilan yirik sanoat rayonini tashkil qiladi. Qora va rangli metallurgiya, koʻp tarmoqli mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik (KXDR da eng yirik kombinat), oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Poyabzal, farmatsevtika, chinni-fayans, yogʻochsozlik korxonalari ishlab turibdi. Is-siqlik elektr styasi, metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, universitet, teatrlar, konservatoriya, muzeylar, badiiy galereya bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan minora, qalʼa darvozalari, maqbaralar, pago-dalar saqlangan, bogʻ koʻp.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |