Pyesalar
„Pyesalar“ — William Shakespeare qalamiga mansub pyesalar toʻplami. 1960-yil Toshkent shahrida OʻzSSR davlat badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Mazkur toʻplamga muallifning eng taniqli besh pyesasi kiritilgan.
Muallif | William Shakespeare |
---|---|
Janr | pyesalar |
Til | inglizcha |
Tarjimon | |
Nashriyot | OʻzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti |
Sahifalar soni | 755 |
Pyesalarni rus tilidan oʻzbek tiliga Maqsud Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom va Uygʻun tarjima qilgan. Toʻplamga „Hamlet“ (inglizcha: Hamlet), „Othello“ (inglizcha: Othello), „Qirol Lear“ (inglizcha: King Lear), „Julius Caesar“ (inglizcha: Julius Caesar) hamda „Romeo va Juliet“ (inglizcha: Romeo and Juliet) pyesalari kiritilgan.
Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Gʻulom Shodi – muharrir, Mstislav Shchirovskiy – rassom, G. Bedarev – rasmlar muharriri, T. Skiba – texnik muharrir, I. Qobilov – musahhih. Kitob adadi – 10 000 nusxa.
PyesalarTahrirlash
- „Hamlet“ (inglizcha: Hamlet) (Maqsud Shayxzoda tarjimasi)
- „Othello“ (inglizcha: Othello) (Gʻafur Gʻulom tarjimasi)
- „Qirol Lear“ (inglizcha: King Lear) (Gʻafur Gʻulom tarjimasi)
- „Julius Caesar“ (inglizcha: Julius Caesar) (Uygʻun tarjimasi)
- „Romeo va Juliet“ (inglizcha: Romeo and Juliet) (Maqsud Shayxzoda tarjimasi)